Tanzila Norboyeva xotin-qiz saylovchilar sonini ma'lum qildi

Foto: Oliy Majlisi Senati Axborot xizmati
Bugun, 18 oktyabr kuni Toshkent shahridagi prezident saylovini yoritish bo‘yicha Xalqaro media hollda “Xotin-qizlarning saylov huquqlari kafolatlari hamda saylovlarda ularning faolligini oshirishning dolzarb masalalari” mavzusida ochiq muloqot bo‘lib o‘tmoqda.
Senat raisi Tanzila Norboyevaning tadbir davomida ma'lum qilishicha, bugungi kunda Prezident saylovini o‘tkazuvchi okrug saylov komissiyalari a'zolarining 104 nafari va uchastka saylov komissiyalari a'zolarining 65 ming 974 nafarini xotin-qizlar tashkil etmoqda.
“O‘zbekistonda ayollar saylov jarayonlarining barcha bosqichlarida faol qatnashishi uchun erkaklar bilan teng sharoitlar yaratilganini hisobga olib, ularni qo‘llab-quvvatlash hamda rag‘batlantirish siyosatini kuchaytirish muhim masala.
Bugungi kunda prezident saylovini o‘tkazuvchi okrug saylov komissiyalari a'zolarining 104 nafari va uchastka saylov komissiyalari a'zolarining 65 ming 974 nafarini xotin-qizlar tashkil etmoqda. 2019 yil Qonunchilik palatasiga bo‘lib o‘tgan saylovda uchastka saylov komissiyalarining tarkibida 54 ming 361 nafar ayol ishtirok etgan. Bu yilgi raqamlar bilan ushbu ko‘rsatkich solishtirilganda 21,3 foizga oshganligini ko‘rish mumkin.
Hozirgi vaqtda mamlakatimizda xotin-qiz saylovchilar soni qariyb 11 millionni tashkil etadi”, dedi Senat raisi.
Avvalroq, O‘zbekiston prezidenti saylovida muddatidan oldin ovoz berish boshlangani xabar qilingandi. Muddatidan oldin ovoz berish 2021 yil 14-20 oktabr kunlari o‘tkaziladi.
Saylov kuni o‘z yashash joyida bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘lmagan saylovchi muddatidan oldin ovoz berish huquqiga ega. Muddatidan oldin ovoz berish uchun saylovchi sababini ko‘rsatgan holda tegishli saylov uchastkasiga ariza bilan murojaat qiladi. To‘ldirilgan saylov byulleteni yopiq konvertda, tegishli uchastka saylov komissiyasining seyfida saqlanadi.
Tavsiya etamiz
Hindiston va Pokiston: kimning armiyasi kuchliroq?
Jahon | 19:21 / 09.05.2025
Mafkuralar kurashi: 9 may aslida qanday kun?
O‘zbekiston | 14:22 / 09.05.2025
Qatiq, murabbo va yadro quroli. Putin yangi filmda nimalar dedi?
Jahon | 21:59 / 06.05.2025
Avtomobil importiga ekosertifikat – utilizatsiyaga qo‘shimcha “bonus”mi?
O‘zbekiston | 20:34 / 06.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Shvetsiyada tuxumni qizining peshonasiga urib chaqqan ayol jarimaga tortildi
Jahon | 00:42
-
Londonda Rossiya josuslik tarmog‘i rahbari 10 yilga qamaldi
Jahon | 00:11
-
Andijonda 30 ming dollar bilan qo‘lga tushgan sudya ishi bo‘yicha ma’lumot berildi
O‘zbekiston | 23:27 / 12.05.2025
-
Rossiyaning Ukrainadagi sobiq qo‘mondoni Jazoirda ko‘rinish berdi. U Prigojin isyonidan keyin «yo‘qolib qolgandi»
Jahon | 23:02 / 12.05.2025
Mavzuga oid

12:20 / 29.04.2025
O‘zbekiston va Turkiya tadbirkor ayollarining biznes-forumlari o‘tkaziladi

19:32 / 25.04.2025
Tanzila Norboyeva Turkiya Buyuk Millat Majlisi rahbari bilan uchrashdi

22:34 / 05.04.2025
Toshkentda Parlamentlararo ittifoq assambleyasi ish boshladi

19:50 / 28.03.2025