14–17 oktabr kunlari davomida 89 798 nafar saylovçi Özbekiston prezidenti saylovida muddatidan oldin ovoz beriş jarayonlarida qatnaşdi. Bu haqda Markaziy saylov komissiyasi xabar berdi.

Saylov uçastkalarida saylov kuni öz yaşaş joyida böliş imkoniyatiga ega bölmagan saylovçilar uçun muddatidan oldin ovoz berişni 20 oktyabrga qadar davom etadi. Özbekistondagi saylov uçastkalarida muddatidan oldin ovoz beriş vaqtini soat 9:00 dan soat 19:00 ga qadar, çet davlatlardagi diplomatik va boşqa vakolatxonalar huzurida tuzilgan saylov uçastkalarida muddatidan oldin ovoz berişni uşbu saylov uçastkalari joylaşgan yerdagi mahalliy vaqt bilan soat 9:00 dan soat 19:00 ga qadar amalga oşirilişi belgilangan.

MSK ma'lumotlariga köra, Özbekistondagi saylovçilar soni qariyb 21,2 million kişini taşkil qiladi.

Saylov kodeksining 57-moddasiga köra, saylov kuni öz yaşaş joyida böliş imkoniyatiga ega bölmagan saylovçi muddatidan oldin ovoz beriş huquqiga ega böladi.

«Muddatidan oldin ovoz berişni amalga oşiriş uçun saylovçi saylov kunida böla olmasligining sabablari (ta'til, xizmat safari, xorijga çiqiş va hokazo) körsatilgan ariza asosida tegişli uçastka saylov komissiyasidan saylov byulletenini oladi. Saylovçi saylov byulletenini olganligi haqida tegişli uçastka komissiyasining kamida ikki nafar a'zosi hozirligida saylovçilar röyxatiga imzo qöyadi.

Saylov byulleteni maxsus jihozlangan yaşirin ovoz beriş kabinasida yoki xonasida saylovçi tomonidan töldiriladi», – deyiladi qonunçilikda.

20 sentyabrdan boşlangan tarğibot tadbirlarida 5 ta partiyadan prezidentlikka nomzodlar qatnaşmoqda. Ertaga 19 oktabr kuni Özbekiston prezidentligiga nomzodlarning işonçli vakillari örtasida teledebat ötkazilişi rejalaştirilgan.