«Toşkent şahridagi Yodju texnika instituti xususiy oliy ta'lim muassasasi hisoblanadi. Bizga abituriyentlar, ularning ota-onalari uçun aksariyat hollarda institut diplomi Özbekistonda tan olinişi muhim. Bu oddiy savolga öxşaydi çetdan qaraganda. Ammo diplomning qaysidir mamlakatda tan olinişidan oldin diplomni olişning talablari bor.

Masalan, Harvard öz bitiruvçilari falon miqdorda oylik olişlarini kafolatlaydi, qaçonki ular Harvardning talablarini bajarişsa. Harvardda öqib, uning diplomini olgan bilan bunday kafolat berilmaydi. Diplom – oddiy bir qoğoz. Masalan, men ham Top-100likka kiruvçi Birmingem universitetida öqidim, diplomim bor. Ammo xorijda qayergadir işga kiriş uçun hujjat topşirsam, meni albatta testdan, suhbatdan ötkazişadi, bilimim diplomimga mosligini aniqlab, keyin işga olişadi», deya Janpölat Kudaybergenovning sözlaridan iqtibos keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Rektorning qayd etişiça, Yodju texnika institutiga köpçilik öqimasdan turib, turli yöllar bilan diplomni oliş haqida sörab keladi.

«Xususiy oliy ta'lim muassasasi rahbari sifatida aytaman, biz istitutimizda öqimaganlarga diplom bermaymiz. Agar hozir xususiy sektordagilar talabgorlarga qaysidir yöllar bilan diplomni beraversa, taniş-bilişçilik qilinsa, tört yildan keyin odam kelmay qöyadi. Bu – bozor iqtisodiyotining oddiy qonuniyati. Şuning uçun yoşlarimizdagi diplom oliş uçungina öqiş tuşunçasini özgartirişimiz kerak. Odam institutda bilim oliş, sohasining haqiqiy ustasi böliş uçungina tahsil olişi kerak. Buni ingliz tilida SKILLS va KNOWLEDGE deyişadi. Şunda qaysi OTMning diplomiga ega bölmasin, mustaqil hayotda imkoniyatlari köproq böladi. Agar maqsad faqat diplom böladigan bölsa, bu katta muammo», deb aytgan davlat boşqaruvi akademiyasida ötkazilgan «Yangilanayotgan jamiyatda yoşlarning ijtimoiy faolligi: muammo va yeçimlar» mavzusidagi konferensiyada.

Rektor institutda talabalarga stipendiya berilmasligi, biroq bu yil eng yuqori körsatkiçlarga erişgan beş nafar talabaning kontarkt tölovi OTM tomonidan tölab berilganini, bu ham haqiqiy bilim hamişa qadrlanişining tasdiği ekanini ta'kidladi.