Jamiyat | 19:00 / 22.04.2021
12578
3 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda xalqaro ilmiy anjuman: «Innovatsion ta'lim – xalqaro tajribalar, muammo va yechimlar»

21 aprel kuni Toshkent shahridagi YoDJU texnika institutida «Innovatsion ta'lim: xalqaro tajribalar, muammo va yechimlar» mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi. 

Ilmiy-amaliy anjumanda ko‘plab nufuzli xorijiy ta'lim muassasalari professor o‘qituvchilari va ilmiy xodimlari, shuningdek, maktabgacha ta'lim vaziri o‘rinbosari hamda tinglovchilar ishtirok etdi. 

Jumladan, O‘zbekistondagi Rus madaniyati markazi vakili Tomchani Lyudmila, Moskva davlat pedagogika universiteti professori Yanchenko Vladislav, AlmaU asoschisi Asilbek Kojaxmetov, Rus fan va madaniyat markazining rus tili dasturlari koordinatori Irina Suljina, O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta'lim vazirining birinchi muovini Qahramon Alimov, Anoka Ramsey nomidagi Munitsipal kollejining Psixologiya departamenti psixologi Lauriye A.Volfe, Ukraina pedagogika fanlar milliy akademiyasining Pedagogika instituti ilmiy xodimi Vera Chudakova va boshqalar qatnashdi. 

Xalqaro ilmiy-amaliy anjumanning yana bir e'tiborli jihati ayni vaqtdagi holat bo‘yicha ma'ruzachilarning fikr almashishi bo‘ldi. Ya'ni pandemik vaziyatda ta'lim sohasidagi o‘zgarishlar, yuzaga kelayotgan muammolar ham muhokama qilindi. 

Har bir ma'ruzachi o‘z mavzusi bo‘yicha nafaqat fikrlari, balki tajribalarini ham o‘rtoqlashdi. Xorijlik mehmonlar ham mazkur anjuman o‘zaro fikr va tajriba almashishga imkoniyat ekanini ta'kidlashdi. 

Psixologiya fanlari doktori, hozirda YoDJU texnika universitetida ishlayotgan amerikalik Lauriye A. Volfening so‘zlariga ko‘ra, spikerlar tarkibi juda yaxshi va har bir spiker bir-biridan yangi g‘oyalar oladi.

«Men psixologiya fanlari doktoriman va AQSh elchixonasi tomonidan ajratilgan grant asosida hozir shu yerdaman. Hozirda YoDJU texnika universitetida o‘qituvchi sifatida ishlayapman. Bu yerda turli yangi g‘oyalarni va innovatsiyalarni har kuni ko‘rishingiz, turli malakali spikerlarni uchratishingiz mumkin. Biz yangi g‘oyalarni yangi yo‘llar bilan o‘rgatishga harakat qilamiz. Bugun o‘rganganlarimizni kim qaysi sohada ishlasa, o‘sha sohada qo‘llay oladi deb umid qilaman», — deydi anjuman ishtirokchisi Lauriye Volfe.

Anjuman yakunida qatnashchilarga sertifikatlar ham topshirildi.

Telegram: t.me/yodju

Facebook: fb.com/ytit.uz

Sayt: www.ytit.uz

Mavzuga oid