Özbekiston milliy gerbariysi dunyoda muqobili yöq ilmiy muassasa bölib, ÖzFA Botanika instituti tasarrufiga kiradi. Bu muassasa Markaziy Osiyo ösimliklari böyiça dunyoda eng katta gerbariy hisoblanadi.

Botanika instituti direktori, Biologiya fanlari doktori, akademik Komiljon Tojiboyev Milliy gerbariy tarixi, gerbariy yiğiş, uni röyxatga oliş, saqlaş jarayoni va boşqalar haqida ma'lumot berdi.

Uning sözlariga köra, gerbariyning ilk namunalari 1835-1840 yillardan boşlab terilgan. Gerbariylar butun Markaziy Osiyo böylab yiğilgan. Hozirgi kunda 1,5 milliondan ortiq namuna saqlanadi. Quyidagi suratda 1841 yilda terilgan gerbariy tasvirlangan.

Markaziy Osiyo hududida bu işga dastlab rus tadqiqotçilari kirişgan. Şuningdek, mahalliy aholi orasidan köngilli tarzda noyob ösimliklarni yiğib beruvçi insonlar ham bölgan. Şunday insonlardan biri Musa Mahmud ismli kişi. U maxsus gerbariy teruvçi bölgan.

Akademik Komiljon Tojiboyev Milliy gerbariyning bugungi kungaça qanday tarkibda yetib kelgani haqida ma'lumot berdi.

«Avval bu Markaziy gerbariy deb atalar edi. Bunga sabab turli hududlarda ilmiy muassasalarda ham gerbariy bölgan. Ötgan asrning 80-yillarida Toşkentdagi törtta asosiy gerbariyni birlaştiriş orqali taşkil qilingan. Toşkent davlat universiteti (hozirgi ÖzMU), Ösimlik moddalari kimyosi va Botanika institutlarining gerbariylari hamda Tabiat muzeyidagi tarqoq holdagi gerbariylar birlaştirilib, Markaziy gerbariy holatiga keltirilgan. 2018 yilda prezidentimiz tomonidan Milliy gerbariy maqomi berildi. Bu yerda hozir 30 nafarga yaqin xodim işlaydi», deydi u.