Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Britaniya o‘z qo‘shinlari sonini sezilarli qisqartirishni rejalashtirmoqda
Britaniyaning quruqlikdagi qo‘shinlari soni 100 yil ichidagi minimal darajagacha qisqartirilmoqchi. Shuningdek, Britaniya armiyasining eng yangi aviatashuvchi kemalaridan birini AQShga berish rejalashtirilmoqda. Bu haqda Sunday Times nshri xabar berdi.
Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, London mudofaaga yalpi ichki mahsulotning kamida 2 foizini ajratmoqchi, qo‘shinlar sonini esa 80 mingdan 60-65 ming kishigacha qisqartirmoqchi.
Britaniya mudofaa vaziri Ben Uolles xarajatlarni kamaytirish uchun NATO yoki AQShga eng yangi avitashuvchi kemalar ijaraga berilishi mumkinligini aytgan.
Qirollik qurolli kuchlaridagi manbaning ma'lum qilishicha, britaniyalik harbiylar bu kemalarni yoqtirishmaydi va uni “befoyda narsa” deb hisoblashadi, AQSh armiyasida esa aksincha aynan shu kemalarga qiziqish baland hisoblanadi.
Mavzuga oid
19:09 / 14.07.2026
Elektromobillarda eng ko‘p uchraydigan nosozliklar ma’lum qilindi
18:58 / 09.07.2026
McLaren afsonaviy V8 superkarining yakuniy versiyasini taqdim qildi
21:11 / 03.07.2026
Britaniyalik siyosatchilar «Masha va Ayiq» multfilmini taqiqlashga chaqirdi
20:11 / 30.06.2026