Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Uyali telefonlarni yashirincha olib kirish rejasi fosh etildi
Foto: Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati
O‘zbekistonda bojxonachilar tomonidan uyali aloqa vositalari va aksessuarlarining noqonuniy aylanmasiga qarshi keskin kurash olib borilmoqda.
Shunga qaramay ayrim fuqarolar tomonidan turli nayranglar ishlatilib, uyali aloqa vositalarini olib kirishga bo‘lgan urinishlar hamon uchrab turibdi.
Uyali telefonlarni yashirincha olib kirish rejasi bojxonachilar tomonidan fosh etildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi rasmiy saytida ma'lum qilindi.
Jumladan, Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona konunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan Toshkent viloyati Ohangaron tumanida tezkor tadbir o‘tkazilib, uning davomida Toshkent viloyati Ohangaron tumanida fuqaro S.O. boshqaruvida bo‘lgan “Lasetti” rusumli avtoulov to‘xtatilib, belgilangan tartibda tekshirildi.
Natijada, avtoulov yukxonasida yo‘lovchi fuqaro T.Z. tomonidan tegishli hujjatlarsiz, umumiy qiymati 1 milliard 36 million so‘mlik 41 dona mobil telefon va 795 dona qo‘l soati olib ketilayotganligi aniqlandi.
Hozirda ushbu holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
17:00 / 26.03.2026
O‘zbekistonga chetdan olib kirilgan telefonni IMEI ro‘yxatidan qanday o‘tkazish mumkin?
08:40 / 17.03.2026
Bojxona hujjatlarining yangi shakllari joriy etildi
09:46 / 03.03.2026
Bojxona deklaratsiyasini mobil ilova orqali rasmiylashtirish tartibi yangilandi
21:01 / 28.02.2026