Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Isuzu» va «Damas»ga ortilgan 710 mln so‘mlik sifati kafolatlanmagan mahsulotlar fosh etildi
Tovar-moddiy boyliklarni yurtimizga turli yashirin yo‘llar bilan olib kirishga bo‘lgan urinishlar bojxonachilar tomonidan o‘z vaqtida bartaraf etilmoqda.
Jumladan, Davlat bojxona qo‘mitasi Kontrabanda va bojxona qonunbuzilishi holatlariga qarshi kurashish boshqarmasi xodimlari huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organ vakillari bilan hamkorlikda Farg‘ona viloyati O‘zbekiston tumanida tezkor tadbir o‘tkazishdi.
Tezkor tadbir davomida kuzatuvga olingan qo‘shni mamlakat bilan chegaradosh hududdagi aylanma yo‘llar orqali harakatlanib kelayotgan fuqaro U.K.boshqaruvidagi “Isuzu” va fuqaro K.N. boshqaruvidagi “Damas” rusumli avtomashinalar to‘xtatilib, belgilangan tartibda xolislar ishtirokida tekshiruvdan o‘tkazildi.
Natijada, “Isuzu” avtoulovining yukxonasida 667,6 million so‘mlik va “Damas”ning yukxonasida 42,1 million so‘mlik tegishli hujjatlari bo‘lmagan, sifati kafolatlanmagan dori-darmon, oziq-ovqat mahsulotlari va boshqa turdagi tovar-moddiy boyliklari borligi aniqlandi.
Tezkor surishtiruvlar natijasida aniqlanishicha, ushbu umumiy qiymati 709,7 million so‘mni tashkil etuvchi tovarlar “Isuzu”da kelayotgan fuqaro U.M.ga tegishli ekanligi ma'lum bo‘ldi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.
Mavzuga oid
21:34 / 13.06.2026
Andijonda oltinlarni turli nayranglar orqali olib kirishga uringan shaxslar to‘xtatib qolindi
09:50 / 12.06.2026
Ichki kiyimga yashirilgan giyohvandlik moddasi saqlovchi kapsulalar aniqlandi
21:11 / 30.05.2026
Farg‘onada 1 mlrd 247 mln so‘mlik dori vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi
08:34 / 22.05.2026