Jamiyat | 13:50 / 27.11.2019
4278
1 daqiqa o‘qiladi

15 ming dollarga yer olib berishni va'da qilgan ayolga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Poytaxtning Olmazor tumani Sebzor dahasida yashovchi, 1982 yilda tug‘ilgan G.A. Shayxontohur tumani F. Sadriddinov ko‘chasida istiqomat qiluvchi fuqaro A.A.ga Yakkasaroy tumanidan 0,4 sotix yer olib berishni va'da qilgan.

Postda.uz’ning yozishicha, u ushbu «xizmat»i evaziga A.A.dan joriy yilning 3 may kuni 15000 AQSh dollarini olgan.

Oradan salkam yetti oy o‘tsa-da, G.A. «va'da»sining ustidan chiqmagan. Aksincha, olingan mablag‘ni o‘z ehtiyoji uchun ishlatib yuborgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Hozir tergov harakatlari olib borilyapti.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid