Prezidentning “Suv xöjaligi sohasida bozor mexanizmlarini keng joriy qiliş çora-tadbirlari töğrisida”gi farmoni bilan suv fondi yerlaridan foydalaniş va suv xöjaligi obektlarini saqlaş sohasida bir qator yangi tartiblar belgilandi.

Hujjatga muvofiq, Suv xöjaligi vazirligi huzuridagi “Suv xöjaligida bozor mexanizmlarini joriy qiliş” davlat muassasasi suv fondi yerlarini ijaraga beriş böyiça yagona buyurtmaçi etib belgilandi.

Şuningdek, suv omborlari, kanallar, kollektorlar va boşqa suv obektlarini tuproq materiallaridan tozalaş işlariga tadbirkorlarni eng yaxşi takliflari asosida töğridan-töğri şartnomalar orqali jalb qilişga ruxsat berildi.

Farmonga köra, suv omborlarining suvdan böşagan va tuproq namligi saqlangan yerlari elektron onlayn-auksion savdolari orqali qisqa muddatli ijaraga berilib, ularda qişloq xöjaligi ekinlari yetiştiriş imkoniyati yaratiladi.