Andijonda 97ta mulk o‘z egasini kutmoqda: Davlat aktivlarini boshqarish agentligi viloyatda press-tur tashkil qildi
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi - iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish orqali, obektlarni xususiy sektorga sotish, Ye-auksionda onlayn savdolarni tashkil etish, korporativ boshqaruv orqali davlat ulushi bor korxonalarni samarali boshqarish, investitsiya majburiyatlarini monitoring qilish, bankrotlik, baholash, ijara kabi masalalarda yagona davlat siyosatini yuritadi.
Agentlik Respublikamizdagi ommaviy axborot vositalari vakillari uchun Andijon viloyati bo‘ylab press-tur tashkil qildi.
OAV xodimlari tadbir davomida viloyatdagi hududiy boshqarma tomonidan davlat ulushi mavjud bo‘lgan xo‘jalik jamiyatlaridagi davlat aktivlarini realizatsiya qilish, ya'ni xususiylashtirish, davlat mulklaridan samarali foydalanish borasida amalga oshirilayotgan jarayonlar bilan tanishdilar.
Hududiy boshqarma tomonidan joriy yilning 9 oyi davomida Davlat aktivlarini boshqarish, xususiy mulkka berish, investitsiya majburiyatlarini bajarish monitoringi, korxonalarni moliyaviy sog‘lomlashtirish, bankrotlik masalalari bo‘yicha muayyan ishlar qilingan.
2019 yil oktyabr holatiga viloyatda davlat ishtirokidagi tashkilotlar soni 2072tani tashkil etadi. Agentlik ishtirokidagi tashkilotlar soni 18ta, shundan 4 tasi AJ, 12tasi MChJ va 2 tasi Davlat korxonalaridir. Hududda o‘tkazilgan xatlovlar natijasida 319ta bo‘sh turgan va foydalanilmayotgan davlat mulki obektlari aniqlanib, shundan 215tasi ro‘yhatdan chiqarilgan.
Press-tur qatnashchilari Xo‘jaobod tumanidagi ““Zumradxon shifo”” jamiyatiga 12 oy muddatda 1 mlrd. 600 mln. so‘m investitsiya kiritib, 15 nafar ishchi o‘rin yaratish taklifi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri berilgan shifoxona bilan tanishishdi. Shu yil fevral oyida berilgan mulkdan samarali foydalanilayotganiga guvoh bo‘ldilar.
Tadbir davomida qatnashchilar hududiy boshqarma ishtirokidagi Xo‘jaobod tumanidagi “Oliy standart tex”, Asaka shahridagi “Asaka yog”, Andijon shahridagi “Andijon biokimyo zavodi” jamiyatlariga tashrif buyurishdi.
Press-tur davomida muammolar ham aniqlandi
Press-tur Xo‘jaobod tumanidagi investitsiya shartnomasi asosida faoliyat yuritayotgan “Oliy standart tex” MChJga tashrif buyurdi.
1987 yil qurib foydalanishga topshirilgan Xo‘jaobod tuman Qishloq xo‘jalik kasb-xunar kollejiga tegishli bo‘lgan 1080 kv.metrdagi “Mashina va traktor garaji” binosi 2019 yil 7 iyul kuni “Oliy standart tex” MChJga ijara shartnomasi asosida berilgan. Tadbirkor obektda qurilish ta'mirlash ishlarini amalga oshirib, yangi zamonaviy dastgohlar olib kelgan, buning natijasida 1 mln. AQSh dollari miqdoridagi investitsiya o‘zlashtirilgan. Natijada obektda zamonaviy trikotaj mahsulotlarini ishlab chiqarish faoliyati yo‘lga qo‘yilib, 200 nafar ishchilar ish bilan ta'minlangan.
Tadbirkor tomonidan faoliyatini kengaytirish maqsadida Qishloq xo‘jalik kasb-hunar kollejining 1300 kv.metrdagi o‘quv binosi 2019 yil 28 avgust kungi ijara shartnomasiga asosan mazkur korxonaga uch tomonlama ijara shartnomasi asosida berilgan. Ushbu obektda tadbirkor yarim tayyor mahsulotlarga gul bosish faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun dastgohlar olib kelgan. Lekin press-tur davomida ma'lum bo‘lishicha, davlatimiz rahbarining Farmoniga muvofiq 2019 yil 1 sentyabrdan boshlab akademik litsey va kasb-hunar kollejlarining foydalanilmay turgan binolaridan tashqari boshqa ijtimoiy obektlarni doimiy foydalanish huquqi bilan xo‘jalik faoliyatiga jalb qilish tartibi e'lon qilingan. Muammoli vaziyat shuki, tadbirkorning qo‘shimcha faoliyati uchun ijaraga olgan hududi kollejning eski binosidir.
Press-tur ishtirokchilari shundan so‘ng, Asaka tumanidagi “Asaka yog” AJga ham tashrif buyurishdi.
Mazkur obektning 51 foiz davlat ulushi sotuvga qo‘yilgan. Ishtirokchilar buning sabablarini o‘rganishdi. Bu yerda ichki va tashqi bozor uchun o‘simlik yog‘i, xo‘jalik sovuni, paxta shroti, paxta chigiti sheluxasi ishlab chiqariladi. Bugungi kunda jamiyatda 650 nafar ishchi xodimlar ishlab kelmoqda. Korxonaning ustav kapitali 2 747 463 810 so‘mni tashkil etib, aksiyalar soni 4 313 130 dona, bir dona aksiyaning bahosi esa 637 so‘mni tashkil etadi. Korxonada korporativ boshqaruv usullari joriy etilgan bo‘lib, daromad miqdori o‘rtacha 10-15 %ga oshib bormoqda. 2018 yilda olingan sof foyda 2 mlrd 191 mln.so‘mni tashkil etadi. Lekin, bu ko‘rsatkich bugungi kun talablariga mos kelmaydi. Jamiyatga investor jalb qilish va zamonaviy texnologik liniyalar, uskunalar keltirish orqali yana ko‘plab yangi ish o‘rinlari yaratish lozim. Shu bois, korxonaning davlat ulushi sotuvga qo‘yilgan.
Muammo shundaki, korxona xom-ashyoni Respublika orqali oladi. Ishlab chiqarish hajmini ko‘paytirish uchun korxona chigitni to‘g‘ridan-to‘g‘ri Andijon viloyatidagi mahalliy paxta yetishtiruvchilardan olishi lozim.
97ta obekt o‘z egasini kutmoqda
Bugungi kunda agentlik boshqarmasi tomonidan xo‘jalik sub'yektlari bilan tuzilgan umumiy qiymati 240 milliard 947 million so‘m va 15 million 700 ming dollar miqdoridagi investitsiya kiritilishi majburiyati belgilangan va 170 ta shartnoma nazoratga olingan. Ayni damda esa, 221 milliard 838 million so‘m va 16 million 195 ming AQSh dollari miqdoridagi investitsiya o‘zlashtirilib, reja-grafikka asosan belgilangan ishlar ortig‘i bilan bajarilmoqda. 2019 yil yakuni bo‘yicha 79 ta obektda ishlar yakunlanib, 66 milliard 647 million so‘m va 15 million 700 ming AQSh dollari miqdorida investitsiya o‘zlashtirilishi hamda yana 2 ming 645 ta yangi ish o‘rni yaratilishi rejalashtirilgan.
Agentlik xodimlari tomonidan berilgan ma'lumotlarga ko‘ra, bugungi kunda Andijon viloyatida jami 97 ta obekt bo‘sh turibdi. Ularning 15 tasi onlayn savdolarga qo‘yilgan. Qolganlarida xatlov va baholash ishlari olib borilyapti.
Elmurod Ermatov, Andijon
Reklama huquqi asosida
Mavzuga oid
20:00 / 04.07.2024
2023 yilda “O‘zbekneftgaz”ning sof foydasi 4,5 barobardan ko‘proqqa qisqardi
20:38 / 04.06.2024
Kafolatlanmagan korporativ qarzlarni qaytarish O‘zbekiston hukumatining zimmasiga tushib qolishi xavfi bor - S&P
18:14 / 30.04.2024
Anor yetishtirishdan bo‘yoq ishlab chiqarishgacha – davlat tashkilotlarining nosohaviy aktivlari
18:39 / 17.01.2022