Davlat aktivlarini boşqariş agentligi bir qator aktivlarining xususiylaştirilgani haqida ma’lumot berdi.

Qayd etilişiça, davlat tender komissiyasining tegişli qaroriga muvofiq quyidagi davlat köçmas mulk obektlarining ommaviy savdo jarayonlari ğoliblari belgilandi:

“Poytaxt biznes majmuasi” MÇJ mulkiy majmuasi böyiça savdolarda “Quadro IH DMCC” (BAA) kompaniyasi 164 mlrd söm xarid qiymatini biryöla tölaş hamda ta’mirlaş-tiklaş işlari uçun 6 mln dollaridan kam bölmagan miqdorda investitsiya kiritiş şarti bilan;

“Malika” savdo va maişiy xizmat körsatiş majmuasi böyiça savdolarda “Premium Prime Service” MÇJ 125 mlrd  söm xarid qiymatini biryöla tölaş hamda ta’mirlaş-tiklaş işlari uçun 100 mlrd söm miqdorida investitsiya kiritiş va 250ta yangi iş örinlarini yaratiş şarti bilan;

“Bildirsoy oromgohi” dam oliş maskani (Kanat yöli bilan birga) böyiça savdolarda “Ulkan Mulk” MÇJ 107 mlrd söm xarid qiymatini biryöla tölaş şarti bilan savdo ğolibi deb topilgan.

Şuningdek, daraxt va butalarning kesilişiga joriy etilgan moratoriy talablariga rioya qilinişi alohida belgilab qöyilgan.