Özbekistondagi qator davlat taşkilotlari özlarining asosiy faoliyat turi hisoblanmagan tarmoqlarda taşkil etilgan korxonalarda ham uluşdor hisoblanadi.
Anor yetiştiruvçi ma’naviyatçilar
Ma’naviyat va ma’rifat markazining Farğona viloyat bölimi 2018 yilda taşkil etilgan “Farğona anorçilik” MÇJning 86,9 foiz uluşiga egalik qiladi.

Radioeşittiriş bilan şuğullanuvçi “Özbekiston temiryöllari”
“Özbekiston temiryöllari” 2007 yilning 17 mayida taşkil etilgan, toşkömir qazib oliş bilan şuğullanuvçi “Şarğun kömir” AJ va “Boysunkömir” MÇJga egalik qiladi.

Ustav fondi 400 ming dollar bölgan yana bir taşkilot –”Giraffe crane” MÇJning ham 25 foiz uluşi “Özbekiston temiryöllari”ga tegişli. Farhod Mirxanov rahbarlik qilayotgan jamiyat 2017 yil 13 oktyabrda davlat röyxatidan ötkazilgan. Faoliyat turi – radioeşittiriş.

Şuningdek, temiryölçilar turar joy binolarini quriş bilan şuğullanuvçi “Yangi zamon bino” MÇJda qariyb 50 foiz uluşga ega.

Tibbiyot bilan şuğullanuvçi – energetiklar
2004 yilning 17 sentabr kuni röyxatdan ötkazilgan “Farğona şifobaxş suvi” MÇJning 49 foiz uluşiga “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ egalik qiladi.

“Stomatolog” – suğurtaçilar
Stomatologiya sohasida faoliyat olib boruvçi “Kamelot med servis” MÇJning 100 foiz uluşiga “Özagrosuğurta” AJ egalik qiladi.

Irratsional işlar bilan şuğullanişda davlat banklari ançayin faol. Masalan, “Özsanoatqurilişbank” yaşaşga yaroqsiz joylarni ijaraga beriş va boşqariş bilan şuğullanuvçi “Kattakurgan business services” MÇJda 33 foiz uluşiga, böyoqlar işlab çiqaruvçi “Parizod mexr and capital” MÇJning 99,7 foiz uluşiga, metallga işlab beriş bilan şuğullanuvçi “Penoplast surkhon and capital” MÇJda 100 foiz uluşga ega.



“Milliy bank” esa sport sohasida iş yurituvçi “Invest group centre” MÇJ va Xiva plaza mehmonxonasining100 foizlik uluşdori hisoblanadi.

Şuningdek, “Aloqabank” biotexnologiyalar sohasidagi faoliyat yurituvçi “Bioazot IGBR” MÇJning 98,2 foziga, Agrobank “Çotqol MÇJ”ning 12,5 foiz uluşiga egalik qiladi.

26 aprel kuni imzolangan “Iqtisodiyotda davlat iştirokini qisqartirişning qöşimça çora-tadbirlari töğrisida”gi prezident qarori bilan, yuqoridagi korxonalarda mavjud bölgan davlat uluşini ommaviy savdolarga çiqariş közda tutilgan.
Hujjat asosida, jami 247 ta korxonadagi davlat aksiya paketlari va 1028 ta köçmas mulk obekti savdolarga çiqarilişi kutilmoqda.











