Jahon | 09:04 / 05.12.2019
14917
2 daqiqa o‘qiladi

16 yoshli Greta Tunberg “muqobil” Nobel mukofotini oldi

Foto: EPA-EFE/Justin Lane

Shvetsiyalik ekofaol Greta Tunberg “Maqbul hayotni ta'minlash uchun” mukofotining sovrindorlaridan biri bo‘ldi. Sovrindorlarni taqdirlash marosimi 4 dekabrda Stokholmda bo‘lib o‘tdi. 

Qizning o‘zi marosimda ishtirok eta olmagan, chunki u ayni vaqtda Madridda BMTning iqlim o‘zgarishi bo‘yicha konferensiyasida ishtirok etmoqda. Biroq Tunberg marosim ishtirokchilariga murojaat yo‘llagan.

Ta'kidlanishicha, ushbu mukofot Alfred Nobel mukofoti qamrab olmagan muhim sohalardagi xizmatlarni belgilash uchun Nobel mukofoti yo‘nalishlariga o‘ziga xos qo‘shimcha bo‘lib xizmat qiladi. 
 
Tunberg o‘rniga mukofotni Fridays for Future yoshlar harakati faollari olishgan.

“Kurash davom etadi, biz hech qachon to‘xtamaymiz!”, deb aytgan Greta o‘z murojaatida. 

Mukofot uchun million kron (105 ming dollar) mukofot puli ko‘zda tutilgan. Sovrindor bu pullarni jamoat ishlariga sarflashi kerak.

Tunberg bilan birga mukofot g‘arbiy saxaralik huquq himoyachisi Aminatu Haydarga, xitoylik advokat Go Tszyanmeyga, hindularni himoyalash harakati faoli braziliyalik shomon Davi Kopenavaga berilgan. 

16 yoshli Tunberg BMTning iqlim bo‘yicha sammitidagi nutqidan keyin butun dunyoga tanilib ketgandi. 

Mavzuga oid