Toshkentda kuzatilgan gaz taqchilligiga nima sabab bo‘lgani ma'lum qilindi
Rohat mavzesi tomondan Qo‘yliq bozorigacha bo‘lgan Toshkent halqa yo‘li bo‘ylab yer usti metro qurilishi vaqtida, zarurat tufayli, 1,5 km uzunlikdagi gaz quvuri demontaj qilingan.
Bu haqda xabar bergan “O‘ztransgaz” AJ matbuot xizmatiga ko‘ra, shu sababli sovuq kunlarda shaharning ayrim hududlarida tabiiy gaz taqchilligi kuzatildi.
Bugungi kunda gaz quvurini tiklash bo‘yicha qurilish ishlari olib borilmoqda, Qo‘yliq dehqon bozori yaqinidagi halqa yo‘li yoqalab 800 metr gaz quvurlari yotqizilgan.
Qayta tiklanadigan gaz quvurining uzunligi 1,5 kmdan ortiq, diametri 700 mm. Qurilishga 35 nafardan ortiq mutaxassislar va 14ta maxsus texnika jalb etilgan. Qurilish ishlari tun-u kun tashkil etilgan.
Vaqtinchalik noqulaylik uchun “O‘ztransgaz” AJ uzr so‘ragan.
Mavzuga oid
18:38
“Sharoitidan ham, o‘qituvchilaridan ham qo‘rqib ketdim” - Toshkentdagi o‘quv markazidan odamlar norozi
15:05 / 12.11.2024
Toshkent havosini ifloslantirishi mumkin bo‘lgan barcha obektlar nazoratga olindi - hokimlik
22:45 / 10.11.2024
Toshkentda «zakladchik»ni kaltaklagan uch nafar shaxs qo‘lga olindi
17:26 / 08.11.2024