Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Namangan hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ qomusimizning 27 yilligini nishonladi
Joriy yilning 6 dekabr kuni “Namangan hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” aksiyadorlik jamiyatining xodimlari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 27 yillik bayrami munosabati bilan hamda korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni o‘z vaqtida aniqlash, ularga chek qo‘yish hamda imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish yuzasidan davra suhbati o‘tkazildi.

Tadbirda viloyat Adliya boshqarmasining yetakchi maslahatchisi Otabek Karimjanov, MIB Namangan viloyat boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari Bekzod Mirzaxmedov, boshqarmaning bo‘lim katta mutaxassisi Ulug‘bek Xolmirzayevlar ishtirok etdilar.
Ushbu tadbirni o‘tkazishdan maqsad, mamlakatimizning asosiy qonuni bo‘lgan Konstitutsiyasiga kiritilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar va ularning mohiyati to‘g‘risida tushuntirishlar berish, shuning bilan korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni o‘z vaqtida aniqlash, ularga chek qo‘yish hamda imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish bo‘yicha jamiyatimizda amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishtirish bo‘ldi.
Tadbirga taklif etilganlar o‘z ma'ruzalarida kun tartibidagi masalalar yuzasidan atroflicha tushuntirishlar berib, jamiyat xodimlarini qiziqtirgan savollarga javoblar berdilar.
Namangan hududiy elektr tarmoqlari AJ
yuridik bo‘lim boshlig‘i Ravshanjon Ikramov
Mavzuga oid
20:21 / 13.06.2026
"Hududiy elektr tarmoqlari" eski turdagi hisoblagichlar o‘rniga yangisini bepul o‘rnatib beradi
08:33 / 18.05.2026
“Energosavdo” yuriskonsulti 5 ming dollar bilan qo‘lga tushdi
08:30 / 18.03.2026
1,8 mlrd so‘mlik jarimani kamaytirishni va’da qilgan muhandis qo‘lga olindi
15:00 / 02.07.2025