Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
XTV Shayxontohur tumanidagi maktabda sodir bo‘lgan hodisa yuzasidan rasmiy ma'lumot berdi
Foto: Videodan kadr
Ijtimoiy tarmoqda uch nafar o‘quvchi tomonidan kaltaklanayotgan o‘quvchi videosi tarqaldi. Mazkur holat 2 dekabr kuni Shayxontohur tumanidagi 254-umumiy o‘rta ta'lim maktabida sodir bo‘lgan.
Xalq ta'limi vazirligi ma'lumotlariga ko‘ra, maktabning 8-“B” sinf o‘quvchilari R.R., A.M., A.O., S.M. va A.K. sinfda o‘zaro joy talashib, bir-birini haqoratlagan.
Tanaffus vaqtida maktab binosining 3-qavat koridorida uch nafar o‘quvchi R.R., A.O., A.M. o‘quvchi A.K.ni urgan.
Mazkur holatni S.M. o‘quvchi R.R. bergan uyali telefon apparatiga videotasvirga olgan. Ushbu tasvirga olingan videoni R.R. ijtimoiy tarmoqlarda tarqatgan.
Xalq ta'limi vazirining Nazorat-huquqiy xizmati xodimlari aralashuvi bilan mazkur holatga Shayxontohur tuman IIO FMB inspektori jalb etildi. Maktab ma'muriyati, o‘qituvchilar va ota-onalar o‘rtasida surishtiruv ishlari olib borildi. Voyaga yetmagan huquqbuzarlar R.R., A.O. va A.M. ota-onalariga nisbatan Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 47-moddasi tartibida chora ko‘rish uchun to‘plangan hujjatlar Shayxontohur tumani Voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha komissiyasida ko‘rib chiqish uchun yuborildi.
Shayxontohur tumani Voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha komissiyasi mazkur ishni o‘rganib chiqdi va 5 dekabr kuni yuqorida nomlari ko‘rsatib o‘tilgan o‘quvchilarning ota-onalari R.M., K.M., O.T. va M.T.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 47-moddasi 1-qismiga binoan jarima jazosi tayinlandi.
Shu bilan birga, R.M.ni onalik huquqidan mahrum qilish bo‘yicha sudga da'vo arizasi kiritiladi. Voyaga yetmagan o‘quvchi R.R.ni ixtisoslashgan maxsus muassasaga joylashtirish bo‘yicha hujjatlar tayyorlash ishlari boshlangan.
Mavzuga oid
17:21 / 30.04.2025
Toshkentning Shayxontohur tumani hokimligi binosi sotuvga qo‘yildi
16:30 / 20.04.2025
Toshkentda fuqarolarga pichoq bilan tahdid qilgan mast erkak 10 sutkaga qamaldi
14:51 / 11.04.2025
Toshkentda qutqaruvchilar uy ichida qulflanib qolgan 1 yoshli bolaga yordam ko‘rsatdi
14:10 / 20.02.2025