O‘zbekiston | 18:56 / 10.12.2019
7612
2 daqiqa o‘qiladi

EPSILON: «O‘zbekneftgaz» bilan hamkorlikda gaz qazib chiqarish ko‘paytirilib, gaz yetkazish tizimi kengaytirilmoqda

Foto: Epsilon

Olib borilgan GRP ishlaridan so‘ng, 10 dekabr kuni G‘arbiy Ernazar konidagi 1-sonli quduqning kunlik debiti 100 ming kub.m gacha ortdi.

Qazib olinayotgan gaz hukumat qaroriga ko‘ra to‘liq hajmda aholi ehtiyoji uchun yo‘naltirilmoqda.

Ishlar yakunlangach, atrof-muhitga yetkazilishi mumkin bo‘lgan zararli ta'sirning oldini olish maqsadida, yondosh hududdagi tuproqda reagentlardan foydalanilgan holda rekultivatsiya o‘tkaziladi.

Gaz uzatish quvurlarining uchta yo‘nalishida qurilish ishlari davom etmoqda: «Nazarquduq YP-Sho‘rtanneftgaz» (67 km); «Tandircha YP-Sho‘rtanneftgaz» (45 km); «Chigil YP-Muborak GQIZ» (110 km).

Quvur tortish ishlari kechayu-kunduz olib borilib, tezlik sur'ati kuniga o‘rtacha 4 km ni tashkil etmoqda.

10 dekabr holatiga ko‘ra jami:

  • Keltirish uchun yuklangan quvurlar – 33,3 ming tn;
  • Keltirilgan quvurlar – 21,8 ming tn;
  • Kavlangan zovurlar – 62,2 km;
  • Qatorga payvandlangan quvurlar – 92 km;
  • Yotqizilgan quvurlar – 45,3 km ni tashkil etdi.

EPSILON kompaniyasi Matbuot xizmati

Mavzuga oid