O‘zbekiston | 16:21 / 10.12.2019
10842
6 daqiqa o‘qiladi

O‘zXDP: Hurmatli jizzaxlik saylovchilar, buni o‘qishingiz kerak!

Inson manfaatlarini himoya qilish ijtimoiy taraqqiyotning muhim omili hisoblanadi. Aholi turmush sharoitini yaxshilashga hissa qo‘shish Xalq demokratik partiyasi oldida turgan eng asosiy vazifalardandir.

Hayotning o‘zi ko‘rsatayaptiki, bozor iqtisodiyoti sharoitida aholining ayrim qatlamlari davlat va jamiyatning aniq manzilli ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashiga ehtiyoj sezadi. O‘zXDP aynan ana shu qatlam manfaatlarini himoya qilishga bel bog‘lagan. Jizzax viloyatidan Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga Xalq demokratik partiyasidan ko‘rsatilgan nomzodlar bu boradagi kelgusi reja va maqsadlari haqida to‘xtalib o‘tishdi.

Ulug‘bek Qosimov, tarix, davlat va huquq asoslari, bank ishi, “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat banki Jizzax viloyati filiali boshlig‘i, 32-Jizzax saylov okrugidan nomzod:

– O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi ijtimoiy ahamiyatga molik tovar va xizmatlar narxlari va tariflari normativ hujjatlarda belgilangan me'yorlardan oshib ketmasligi uchun ushbu narxlarni shakllantirish ustidan qat'iy davlat va jamoatchilik nazoratini o‘rnatish tarafdori. Shundan kelib chiqib, import o‘rnini bosuvchi ijtimoiy ahamiyatga ega mahsulot ishlab chiqaruvchilarga import tovarlaridan olinadigan daromadlarning bir qismini imtiyozli kredit berishga yo‘naltirish tartibini joriy etish zarur.

Zulayho Akramova, pedagog, xalqaro munosabatlar magistri, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, 33-Do‘stlik saylov okrugidan nomzod:

– Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati sifatida aholi bilan ko‘p uchrashuvlar, muloqotlar o‘tkazdim. O‘rganishlar hamda tegishli ijtimoiy guruhlar bilan o‘tkazilgan muloqot natijalaridan kelib chiqib, amaldagi qonunchilikka davlat-xususiy sherikligi hamda ijtimoiy tadbirkorlik asosida aholiga ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatishning aniq protsessual mexanizmlarini kiritishni nazarda tutuvchi takliflar ishlab chiqish hamda ularni partiyaning parlamentdagi fraksiyasi orqali qonunchilik tashabbusi sifatida ilgari surishni maqsad qilganman.

Mukadas Urazaliyeva, shifokor, Zomin tibbiyot kolleji direktori, 34-Zomin saylov okrugidan nomzod:

Ta'lim-tarbiya mamlakat kelajagini belgilovchi asosiy omillardan biridir. Shundan kelib chiqib, O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi ta'lim sohasida ijtimoiy ahamiyatga ega bir qator vazifalarni o‘z oldiga maqsad qilgan. Saylovoldi dasturimni shunga hamohang tarzda ishlab chiqdim.

Fikrimcha, davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladigan nodavlat ta'lim muassasalarida faqat o‘ziga to‘q oilalar farzandlari o‘qiy olishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida ushbu ta'lim muassasalaridagi to‘lov-kontraktning ijtimoiy maqbul miqdorini qonunchilikda belgilab qo‘yish kerak.

Jasur Tojiboyev, qurilishda menejment, buxgalteriya  hisobi va audit, Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi Jizzax viloyati boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari, 35-G‘allaorol saylov okrugidan nomzod:

– Ishli, turmush darajasi yuqori bo‘lgan odam oilasidan, ertasidan ko‘ngli to‘q yashaydi. Shundan kelib chiqib, biz bu borada dolzarb masalalarni ilgari surdik.

Xususan, uy mehnatini tashkil etishning yangi samarali shakllarini rivojlantirishga e'tiborni qaratish kerak, deb o‘ylaymiz. Xususan, maktabgacha yoshdagi bola tarbiyasi bilan mashg‘ul bo‘lgani bois ishlamaydigan ayollar uchun uy mehnati hamda ularning davlat-xususiy sherikligining tegishli shakllaridagi ishtirokini oshirish bo‘yicha ehtiyojlarini aniqlash va ishlab chiqilgan takliflarni xalq deputatlari Kengashlarida ko‘rib chiqishni rejalashtirganmiz.

Sohibjon Sodiqov, iqtisodchi, moliya, Jizzax viloyati bo‘yicha G‘aznachilik boshqarmasi boshlig‘i, 36-Paxtakor saylov okrugidan nomzod:

– Bizning eng asosiy g‘oyamiz — aholining davlat va jamiyat tomonidan qo‘llab-quvvatlashga ehtiyojmand qatlamlari manfaatlarini himoya qilishdan iborat. Bunda ularning bandligini ta'minlashga alohida e'tibor qaratish lozim. Fikrimcha, olis qishloq hududlaridagi maktablar, qishloq vrachlik punktlari va boshqa ijtimoiy soha obektlariga malakali va tajribali mutaxassislarni jalb etish maqsadida partiya bunday xodimlarni moddiy va ma'naviy rag‘batlantirish mexanizmini qonunchilikda mustahkamlash lozim.

O‘rol O‘razboyev, pedagog, O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Jizzax viloyat kengashi raisi, 37-Sharof Rashidov saylov okrugidan nomzod:

Mehnat qilish huquqi — inson uchun eng hayo­tiy va ishonchli ijtimoiy himoya, orzu-istaklari, farzandlari kamoloti yo‘lidagi tengi yo‘q tayanch vositasidir. Bu masala kechiktirib bo‘lmaydigan va hal etilishi kerak bo‘lgan eng muhim masalalardan biridir. Partiyamiz fikricha, bandlik va ishsizlikka qarshi kurashish sohasida davlat siyosatini amalga oshirishga doir ilg‘or xorijiy tajribani o‘rganish kerak.

O‘rganishlar natijasi asosida aholi bandligini ta'minlash to‘g‘risidagi qonun hamda boshqa tegishli qonun hujjatlariga zarur o‘zgartirishlarni kiritish bo‘yicha takliflar tayyorlash va parlamentdagi fraksiyasi orqali qonunchilik tashabbusi sifatida olib chiqishni ko‘zda tutgan.

Ishonchimiz komilki, nomzodlarimiz Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga saylansa, deputat sifatida ham samarali faoliyat ko‘rsatadi, hayotiy takliflar qonunlarda aks etishi uchun kurashadi va buning uddasidan chiqa olishadi.

Bizning nomzodlar uchun ovoz bering!

O‘zXDP Markaziy Kengashi
Axborot xizmati

Mavzuga oid