«Surxondaryo hududiy elektr tarmoqlari korxonasi»da korrupsiyaga qarshi kurash mavzusida davra suhbati o‘tkazildi
«Surxondaryo hududiy elektr tarmoqlari korxonasi» aksiyadorlik jamiyatida Konstitutsiya kuni keng nishonlandi. Asosiy qonun qabul qilinganining 27 yilligi munosabati 2019 yilning 4 dekabr kuni jamiyat xodimlari ishtirokida korrupsiyaga qarshi kurash mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.
Tadbirda «Surxondaryo XETK» AJ Moliyaviy-iqtisodiy masalalar va elektr energiyasini sotish bo‘yicha direktori Hasan Vohidov so‘zga chiqib, korxonada xodimlarning huquqiy madaniyatini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida axborot berdi. U o‘z so‘zida barcha xodimlarga qabul qilinayotgan yangi qonun hujjatlarining mazmun-mohiyati tushuntirib borilayotganini aytib o‘tdi.
«Surxondaryo XETK» AJ matbuot xizmati xabariga ko‘ra, davra suhbatida viloyat IIB Tashkiliy boshqarma yuridik ta'minlash bo‘limi yetakchi yuristkonsulti M.Shaymardonov hamda Termiz shahar adliya bo‘limi mas'ul xodimi X.Abdurahmonov O‘zbekiston Prezidentining 2019 yil 27 maydagi «O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoyishi mazmuni to‘g‘risida yig‘ilish qatnashchilariga tushuntirish berishdi, korrupsiyaning xavf-xatarlarini tahlil qilish va aholining keng qatlamlarini xabardor qilib huquqiy ongini oshirish, ommaviy axborot vositalari orqali tashviqot ishlari olib borilishi, jamiyatda bundan buyon jinoyatlarning kelib chiqishini oldini olish bo‘yicha qattiq nazorat olib borilishini ta'kidlashdi.
Ma'ruzachilar tadbir davomida jamiyat xodimlarini qiziqtirgan savollarga javob qaytarishdi.
«Surxondaryo XETK» AJ matbuot xizmati