XIV asrda yashab sayohatlarga ishtiyoqi kuchli bo‘lgan bu shaxs o‘z davrining eng mashhur kashshoflaridan (biror joyni birinchi bo‘lib kashf etgan) biri bo‘lgan. Uning qadami o‘sha vaqtlarda dunyoning dovrug‘i ketgan deyarli barcha joylariga yetgan, hattoki zamonaviy Sibirgacha. Tasavvur qilib ko‘ring, Marokashdan bo‘lgan va umrida biror marta qor ko‘rmagan afrikalik XIV asrda Sibir qishida kezib yuribdi. Uning hayoti sarguzashtlarga boy bo‘lganini tushunish uchun shuning o‘zi yetarli.
1. Shamsiddin Abu Abdulloh Muhammad ibn Abdulloh at-Tanjiy Ibn Battuta, ko‘proq Ibn Battuta nomi bilan eslanadi

U 1304 yilda Tanjyerdagi (Marokash) qozi oilasida tug‘ilgan. U o‘zining eng katta orzusi — dunyo bo‘ylab sayohatni amalga oshirish uchun ota uyini 21 yoshida Haj karvoniga qo‘shilib tark etadi. U oradan 24 yil o‘tibgina vataniga qaytadi, ammo shunda ham buning yagona sababi musulmon Ispaniyasiga qayta sayohatga otlanish niyati bo‘lgan.
2. Ibn Battuta — barcha davrlarning eng taniqli sayohatchisi
U jahon bo‘ylab tanilgan. 30 yillik safari davomida Islom olamining katta qismiga, dastlab Misr, Shom (Suriya), Livan, Falastin, Mesopotamiya, shuningdek, Markaziy Osiyo, Janubi-sharqiy Osiyo, Janubiy Osiyo, Janubiy Yevropa, Sharqiy Yevropa, Rossiya va Xitoyga tashrif buyurgan. Agar hozirgi yo‘sinda tahlil qilsak, uning ro‘yxatida 44ta davlat paydo bo‘ladi.
3. Ibn Battuta quruqlik va dengiz orqali 75 000 mil (120 ming km) masofani bosib o‘tgan
Bu Marko Poloning natijasidan ancha ko‘p. O‘zining barcha sayohatlarida Ibn Battuta urushlar, isyon va bosqinlar guvohi bo‘lgan.
4. Ibn Battuta ziyolilar oilasidan edi va va o‘zi ham olim bo‘lgan

Uning otasi Tanjyerda qozi edi. Sarguzashsevarning o‘zi ham Sherozda qozilik shahodatini olgan va ikki bor qozilikka tayinlangan: birinchi marta Hindistonda 8 yilga, ikkinchisi Marokashda, sayohatlardan qaytib o‘troq yashash tarziga o‘tganidan so‘ng. Huquqshunoslikdan tashqari, ilohiyot va she'riyatga qiziqqan.
5. «Tuhfat an-nuzzor fi g‘aroyib al-amsor va ajoyib al-afsar» («Turli shahar va safarlardagi ajoyibotlar shohidi bo‘lganlar uchun tuhfa») deb nom olgan kitobida uning barcha taassurot va qaydlari jamlangan











