Huquqşunos Abdumalik Abdullayev kundalik hayotda uçraşi mumkin bölgan, huquqni muhofaza qiluvçi organlar xodimlari bilan röy beradigan munosabatlar böyiça öz maslahatlarini berib ötdi.

Quyidagi videolavhada organ xodimi töxtatib, özi bilan birga idoraga yurişni söraganida qanday harakatlaniş kerakligi böyiça eslatmalar keltirilgan.

Şunday vaziyatda qanday harakatlar qonuniy böladi?

Avvalo, sizni töxtatgan şaxs haqiqatan ham organ xodimi ekanligiga işonç hosil qilişingiz, bunda xizmat guvohnomasini körsatişni talab qilişingiz mumkin.

Xizmat guvohnomasidagi ma'lumotlarga e'tibor qarating:

  • Xizmat guvohnomasi muayyan huquqni muhofaza qiluvçi organ tomonidan berilganiga;
  • Xizmat guvohnomasida xodimning F.I.Ş körsatilganiga;
  • Xizmat guvohnomasida tartib raqami körsatilganiga;
  • Xodimning lavozimi va surati körsatilgani, surat idoraning gerbli muhri bilan tasdiqlanganiga;
  • Eng asosiysi, xizmat guvohnomasining amal qiliş muddati ötib ketmaganiga;
  • Pastki qismida boşliq imzosi mavjudligiga.

Yodda tuting:

  • Organ xodimi bilan idoraga bormaslikka qarşilik qilmang, asabiylaşmang, qizişmang, vaziyatga oydinlik kiritilgunga qadar sabr qiling.
  • Indamaslik, jim turiş, özingizga nisbatan qarşi körsatuv bermaslik huquqlaridan foydalanişingiz mumkin.
  • Organ binosiga kirişda qaçon va kimning huzuriga olib kelinganingiz haqidagi yozuvlar qayd etilişini talab qilişingiz mumkin.
  • Agar sizda şaxsiy tintuv ötkazilsa, kamida ikki nafar xolis bölişini va bu haqida bayonnoma rasmiylaştirilişini talab qilişingiz mumkin.
  • Xolislar voyaga yetganiga;
  • Ular işning oqibatidan manfaatdor bölmagan şaxslar ekaniga;
  • Ularning huquqlari va majburiyatlari organ xodimi tomonidan tuşuntirilganiga;
  • Bu haqda bayonnomada qayd etilganiga e'tibor qarating.
  • Agar lozim deb topsangiz advokat xizmatidan foydalanişingiz mumkinligini organ xodimiga ma'lum qiling.