
Mubaşşir Ahmad taxallusi bilan tanilgan Alişer Tursunovning advokati Abdulloh Sodiq Kun.uzʼga jinoyat işining keyingi taqdiri haqida ma’lumot berdi.
«Mubaşşir Ahmad domla sud hukmi ustidan apellyatsiya şikoyati bermaslikka qaror qilganini aytdi. Lekin buning sababini izohlamadi.
Lekin men advokat sifatida sud hukmidan noroziman. Sud jarayonida ham domlaning harakatlarida JK 244-1 va 156-moddalar tarkibi yöqligini isbotladik.
Şunga qaramay bu işda asosiy qaror qabul qiluvçi mijozimiz, uning aytgani böyiça keyingi işlar qilinadi. Menimça, domla «taqdir» deb, qadarga taslim böldi. «Odil sudlov»ni kördi, yana ovoragarçiliklarda yurişni xohlamadi», deya advokatning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Ma’lum bölişiça, diniy ulamoning özi ayni vaqtda ham tergov hibsxonasida qolmoqda, jazoni ijro etiş koloniyasiga çiqarilmagan.
Mubaşşir Ahmad işi qanday boşlandi?
Asli ismi Alişer Tursunov bölgan, 51 yoşli diniy ulamo – ijtimoiy tarmoqlarning özbek segmenti faollaridan biri. U Özbekistonda bir neça yil faoliyat yuritgan Azon.uz va Azon TV kabi ma’rifiy loyihalar hamda bir neçta diniy kitoblar muallifi hisoblanadi.
Mubaşşir Ahmad bir neça yildan buyon Turkiyada istiqomat qilayotgan edi. U 2025 yil 8 may kuni Istanbulda qölga olinib, 10 may kuni Özbekistonga majburan olib kelingan.
Alişer Tursunov 3 oy muddat davomida DXX Tergov boşqarmasi tomonidan tergov qilindi. Unga tergov davomida yana ikkita ayblov qöşilib, jami 3 ta ayblov bilan iş sudga oşirildi.


















