Xalq demokratik partiyasining ustuvor ğoyalaridan biri ijtimoiy himoyadir. Partiya şuning uçun bozor iqtisodiyotiga ötiş jarayonida aholining himoyaga muhtoj qismini ijtimoiy qöllab-quvvatlaşning kafolatli tizimi yaratilmas ekan, bu oğir ijtimoiy muşkulotlarga olib kelişi mumkin, deb hisoblaydi.

Şulardan kelib çiqqan holda, partiya ijtimoiy demokratiya ğoyasi bilan jamiyatda aholining ijtimoiy himoyasi sözsiz ta'minlanişiga işonadi. Bu ğoya partiya dasturiy maqsadlarida, deputatlikka nomzodlarning Saylovoldi dasturida öz aksini topgan.

Xöş, Xalq demokratik partiyasidan Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputatligiga Samarqand viloyatidan körsatilgan nomzodlari qaysi ijtimoiy masalalarni kötarib çiqmoqda?

Uluğbek Kamolov,  Buxgalteriya hisobi, iqtisodiyot, Samarqand viloyati hokimligi moliya boş boşqarmasi boşliğining birinçi örinbosari, 56-Registon saylov okrugidan nomzod:

– Ijtimoiy muhofaza muhtoj kişilar va oilalarni aniqlaşda muammoli holatlar juda köp. Deputatlar murojaatlarni ijobiy hal etiş uçun turli taşkilotlar, vakolatli idoralarga murojaat etganda, asosan bir masalaga duç keladi. U ham bölsa, tegişli me'yoriy hujjatlarda oilaning kam ta'minlanganligini aniqlovçi mezonlar aniq belgilanmagan. Natijada davlat budjetidan ajratilgan mablağlar har doim ham öz manziliga, haqiqatda muhtoj kişilarga yetib bormayotgani kuzatilmoqda. Bundan esa partiyamiz himoya qilişi kerak bölgan qatlam aziyat çekyapti. Şu bois partiyamiz ijtimoiy muhofazaga muhtojlikni belgilaş mezonlarini qonunçilikda sodda va tuşunarli tarzda aks ettiriş uçun qat'iy harakat qiladi.

Dilfuza Yakubjanova matematik, Toşkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filiali axborot talim texnologiyalari kafedrasi mudiri, 57-Söğdiyona saylov okrugidan nomzod:

– Oçiğini aytganda, jamiyatimizda ijtimoiy adolatni ta'minlaş, aholini, yoşlarni munosib iş bilan ta'minlaş, ta'lim oliş, soğliqni saqlaş imkoniyatlaridan foydalanişida ayrim kamçiliklar bor. Bizning maqsadimiz ijtimoiy adolatni töla tiklaşga erişidan iborat.

Şu maqsadda davlat-xususiy şeriklik asosida taşkil etiladigan nodavlat ta'lim muassasalarida faqat öziga töq oilalar farzandlari öqiy olişiga yöl qöymaslik maqsadida uşbu ta'lim muassasalaridagi tölov-kontraktning ijtimoiy maqbul miqdorini qonunçilikda belgilab qöyiş taklifini ilgari suryapmiz.