O‘zbekiston | 20:52 / 16.12.2019
9694
10 daqiqa o‘qiladi

Surxondaryolik saylovchilar diqqatiga!

Xabaringiz bor, bu yilgi saylov kampaniyasi «Yangi O‘zbekiston Yangi saylovlar» shiori ostida o‘tkazilmoqda. Darhaqiqat, saylov kampaniyasi xalqimizning kayfiyati va islohotlarga ishonchi ortgan bugungi yangi davrda o‘tmoqda. Xalqimiz, saylovchilar siyosiy partiyalardan amaliy natija, qat'iy taklif va tashabbuslar kutyapti.

Shundan kelib chiqib, partiyamizdan Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga Surxondaryo viloyatidan ko‘rsatilgan nomzodlar hayotiy ehtiyojlar bilan bog‘liq qator masalalarda takliflarini bildirishdi:

Ra'no Xolmirzayeva, pedagog, Ta'lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Sherobod tumani kengashi raisi, 76-Sherobod saylov okrugidan nomzod:

– Bugun mamlakatimiz iqtisodiy jihatdan ham yetarli salohiyat va qudratga ega bo‘ldi. Partiyamiz bu kuchni kam ta'minlangan qatlamlar turmush darajasi va sifatini yaxshilash uchun yo‘naltirish kerak, deb hisoblaydi.

Ana shu maqsadda ilg‘or xalqaro tajribadan kelib chiqib, kam ta'minlangan aholi qatlami uchun kundalik zarur tovar va mahsulotlarni arzon narxlarda sotish bo‘yicha ijtimoiy do‘konlar tarmog‘ini rivojlantirish kerak. Bu orqali aholining kam ta'minlangan qatlamlari, pensionerlar, imkoniyati cheklangan insonlar hayot darajasi va sifatini oshirish, ijtimoiy ahamiyatga ega kundalik ehtiyoj mahsulotlari va xizmatlariga ijtimoiy maqbullikni ta'minlashga erishish imkoni ortadi, deb o‘ylaymiz.

Zilola Xalikova, pedagog, Muzrabot tumanidagi 8-maktab direktori, 77Angor saylov okrugidan nomzod:

– Partiyamiz Saylovoldi dasturida kam ta'minlanganlik darajasini belgilovchi mezonlarni takomillashtirishga e'tibor qaratildi. Hozirda bu boradagi mezonlar aniq emasligi ijtimoiy nafaqalarni belgilash va moddiy yordam ko‘rsatishda tushunmovchilik hamda muammolarni keltirib chiqaryapti. Shu masalada xalqaro amaliyotni o‘rganish, yashash minimumi va iste'mol savatchasi bilan bog‘liq me'yorlarni qonunchilikda mustahkamlash vazifasi alohida o‘rin olyapti.

Mansur Utashev, iqtisodchi, “Surxon import eksport agro” MChJ rahbari, 78-Termiz saylov okrugidan nomzod:

– Biz aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari, jumladan, ijtimoiy ahvoli og‘ir bo‘lgan ayollar, «Mehribonlik» uylari tarbiyalanuvchilari uchun ipoteka elita turar-joylarini qurayotgan qurilish kompaniyalari va tijorat banklari daromadidan majburiy ijtimoiy ajratmalarni qonuniy joriy qilishni, keyinchalik ijtimoiy turar-joylar qurilishi uchun foydalanishda ushbu mablag‘larni maxsus fondlarda jamlashni taklif etamiz.

Jumanazar Normuminov, moliyachi, Surxondaryo viloyati hokimligi moliya bosh boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari, 79-Jarqo‘rg‘on saylov okrugidan nomzod:

– Aholini ish bilan ta'minlash, mehnatga oid huquq va manfaatlarini himoya qilish odamlarning turmush farovonligi oshishida muhim ahamiyatga ega. Shuni inobatga olgan holda, biz ishga joylashishda qiyinchiliklarga duch kelayotgan ayollar, “Mehribonlik uylari” bitiruvchilari hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj boshqa qatlamlar uchun ishga joylashish bo‘yicha huquqiy kafolatlarni oshirish hamda “Teng ish uchun - teng ish haqi” tamoyiliga qat'iy rioya etilishi kerak, deb o‘ylaymiz.

Shu maqsadda, partiya Mehnat kodeksini tegishli norma va protsessual mexanizmlar bilan to‘ldirish bo‘yicha takliflar tayyorlash va parlamentdagi fraksiyasi orqali ularni qonunchilik tashabbusi sifatida olib chiqishni rejalashtirgan.

Xasan Voxidov, Elektr energetika, Surxondaryo hududiy elektr tarmoqlari korxonasi aksiyadorlik jamiyati moliyaviy-iqtisodiy masalalar va elektr energiyasini sotish bo‘yicha direktor, 80-Qiziriq saylov okrugidan nomzod: 

– Partiyamiz oila institutini mustahkamlash va barkamol avlodni tarbiyalash borasidagi ishlarni yanada takomillashtirishda o‘zining barcha tashkilotlarining yanada faol ishtirokini ta'minlashga intiladi.

Bugungi kunda yoshlarga oid davlat siyosati yoshlarning mamlakat siyosiy hayotidagi faol ishtirokini ta'minlashga xizmat qilishi lozim, deb hisoblaymiz. Fikrimcha, salohiyatli yoshlarga siyosiy partiyalar tizimida ishlash va deputatlik faoliyatida o‘zini namoyon qilish imkoniyatini berish zarur.

Kamolidin Eshmatov, arxitektor, Surxondaryo viloyat qurilish bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari, viloyat bosh arxitektori, 81-Qumqo‘rg‘on saylov okrugidan nomzod:

Biz uy-joy va kommunal xizmatlarning ijtimoiy maqbulligini ta'minlash tarafdorimiz. Bunda markazlashgan isitish va issiq suv ta'minotini, maishiy chiqindilarni olib ketish va utilizatsiya qilish xizmatlarini ko‘rsatuvchi korxonalarni tabiiy monopoliyasi bo‘yicha qonunchilik me'yorlarini ko‘rib chiqish, muhandislik tarmoq infratuzilmasi bilan bog‘liq bo‘lmagan, kommunal xizmatlar taqdim etish bo‘yicha muqobil avtonom (lokal) shakllarini rivojlantirish dolzarb ahamiyatga ega, albatta.

Muhabbat Umarova, shifokor, Sho‘rchi tumani tibbiyot birlashmasi ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasi mudiri, 82-Sho‘rchi saylov okrugidan nomzod:

– Partiyamiz deputatlik birlashmalari sa'y-harakatini pensionerlar, nogironligi bo‘lgan shaxslar, kam ta'minlangan oilalar, “Muruvvat”, “Saxovat” va “Mehribonlik” uylarida yashovchilar hamda aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj boshqa qatlamlariga tibbiy xizmat ko‘rsatish, ularni dori-darmonlar va tibbiy vositalar bilan ta'minlash hamda ijtimoiy dorixonalar tarmog‘ini rivojlantirish ustidan samarali parlament va deputatlik nazoratini amalga oshirishga yo‘naltiradi. Bir so‘z bilan aytganda, biz jamiyatning har bir a'zosiga salomatligini mustahkamlash uchun teng imkoniyatlar yaratish tarafdorimiz!

Oybarchin Abdullayeva, pedagog, Oltinsoy tumani maktabgacha ta'lim bo‘limi mudiri, 83-Oltinsoy saylov okrugidan nomzod:

– 2 yoshdan ham bolalarni bog‘chaga qamrab olish mumkin. Buning uchun ota-onalar faqatgina nodavlat oilaviy maktabgacha ta'lim muassasalariga murojaat qilishi talab etiladi. Ularda esa narx-navo juda qimmat. Ulardan faqatgina daromadi yuqori bo‘lgan oilalar foydalanishi mumkin.

Shundan kelib chiqib, bepul va imtiyozli to‘lovlar asosida faoliyat ko‘rsatadigan davlat maktabgacha ta'lim muassasalari tarmog‘ini kengaytirish va kelgusida 6 yoshdagi bolalarni majburiy  maktabgacha ta'lim  va tarbiya  bilan to‘la qamrab olish, maktabgacha ta'lim muassasalarida 3 yoshdan kichik bolalar uchun maxsus tarbiya guruhlarini tashkil etish taklifini ilgari surdik.

Firdavs Sharipov, pedagog, Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Surxondaryo viloyati bo‘limi rahbari, 84-Denov saylov okrugidan nomzod:

Ishli, turmush darajasi yuqori bo‘lgan odam oilasidan, ertasidan ko‘ngli to‘q yashaydi. Saylovoldi dasturimda bu borada dolzarb masalalar ilgari surilgan. Masalan, nogironligi bo‘lgan shaxslarning bandligini ta'minlash uchun qonunchilikda belgilangan kvotalarga qat'iy rioya etilishiga erishish kerak, deb o‘ylayman.

4Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda uning joylardagi bo‘linmalari bilan o‘zaro hamkorlik qilgan holda aholi bandligini ta'minlash hamda yangi ish o‘rinlarini yaratish bo‘yicha davlat buyurtmasini bajarish ustidan parlament va deputatlik nazoratini o‘rnatish maqsadga muvofiq bo‘ladi.

Ulug‘bek Axmedov, soliqlar va soliqqa tortish, biznesni boshqarish, “O‘zsanoatqurilishbank” aksiyadorlik tijorat banki Surxondaryo mintaqaviy filiali boshlig‘i, 85-Sariosiyo saylov okrugidan nomzod:

Xalq demokratik partiyasi uy-joy qayg‘usida yurgan yurtdoshlarimizning muammolarini yaxshi tushunadi va bu masalada mamlakatimizda yangicha tizim joriy etish, ijtimoiy-iqtisodiy imkoniyatlari cheklangan kishilarning manfaatlarini himoyalash zarur, degan tashabbusni ilgari suryapti.

Ijara asosida yashayotgan aksar oilalar va yoshlarning uy sotib olishga qurbi yetmaydi. Shu bilan birga, ular topgan daromadining katta qismini uy-joy ijarasi uchun sarflaydi. Tabiiyki, bu ularning yaqin kelajakda o‘z uyiga ega bo‘lish imkoniyatini yanada kamaytiradi. Shu bois arzon uylarni olishga, ijara asosidagi kvartiralarda turishga moddiy imkoniyati yetmaydigan fuqarolarni ijtimoiy himoya qilish maqsadida ijara asosida foydalanishga mo‘ljallangan munitsipial uylarni qurish bugungi davr talabidir.

Mavjuda Hasanova, pedagog, O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Surxondaryo viloyat kengashi raisi, 86-Uzun saylov okrugidan nomzod:

Partiyamiz deputatlariga, “Jamoatchilik qabulxonalari”ga kommunal xizmatlar sohasiga tegishli ko‘plab murojaatlar kelib tushmoqda. Ularning aksariyatida to‘lov bilan bog‘liq muammoli vaziyatlar, ko‘rsatilayotgan xizmatlarning sifati, qo‘shimcha haq hisoblash kabi holatlar bayon etilgan.

Shundan kelib chiqib, biz energetika va moddiy resurslarning katta yo‘qotishlarini iste'molchilar gardaniga yuklaydigan kommunal xizmatlar yetkazib beruvchilarining monopoliyasiga barham berishni ko‘zlaganmiz.

O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi nomzodlariga ovoz bering!

O‘zXDP Markaziy Kengashi
Axborot xizmati

Mavzuga oid