Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Planungsbüro VAR+ Toshkentda veloyo‘llar qurish konsepsiyasini ishlab chiqadi
Joriy yilning 14 dekabr kuni Toshkent shahar hokimligida YeXHT va Germaniyaning Planungsbüro VAR+ byurosi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda poytaxtning veloyo‘laklarga bo‘lgan ehtiyoji va yo‘llarning imkoniyati muhokama etildi.
Qayd etilishicha, 2018 yilda germaniyalik mutaxassislar ilk bor Toshkentga kelib bu masalada o‘rganishlar olib borishgan. Shundan so‘ng Planungsbüro VAR+ byuro xodimlari bir necha oy mobaynida o‘z tahlillari va birlamchi takliflarini ishlab chiqishdi.
Bo‘lib o‘tgan uchrashuvda shahar hokimining o‘rinbosari B.Rahmonqulov va Toshkent shahar transport boshqarmasi mutaxassislari namoyish etilgan takliflar bilan yaqindan tanishib, o‘zaro suhbat davomida veloyo‘laklarni qurish bilan birga, OTM, idora va tashkilotlar, vokzallar, ko‘chalar, ko‘p qavatli uy-joylar, metro bekatlari, xiyobonlar atrofiga veloturarjoylar qurish, qurilajak veloyo‘llarning bolalar harakati uchun ham xavfsiz bo‘lishi, shu bilan birga, bu yo‘llar uzluksiz bo‘lishini ta'minlash lozimligi ta'kidlab o‘tildi.
- YeXHT va Toshkent shahar hokimligining kelishuviga asosan bu yerda veloyo‘llar qurish konsepsiyasi va veloshering faoliyatini yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan. Biz bu borada o‘z loyihamizni ishlab chiqamiz va o‘zbekistonlik hamkasblarimiz bilan uni yanada takomillashtiramiz. Kuzatishlarimiz O‘zbekistonda velosiped va avtomobil haydovchilar o‘rtasida o‘zaro hurmatni shakllantirish kerakligini ko‘rsatdi bu borada ham o‘z takliflarimiz bor, - deydi Planungsbüro VAR+ kompaniyasi rahbari Uve Petri.
Fevral oyida taqdim etiladigan loyihaga bugundan start berildi.
Ma'lumot o‘rnida aytilishicha, Planungsbüro VAR+ loyihalashtirish byurosi 2000 yildan buyon veloko‘chalar va veloshosselar qurish bilan shug‘ullanadi. Byuro mutaxassislari Germaniyaning Drayayx shahrida eng uzun veloko‘chaning loyihasini yaratishgan va uning qurilish jarayonida ishtirok etishgan.
Mavzuga oid
16:28
Toshkentda yo‘l talashgan haydovchi ikkinchi haydovchiga tayoq bilan hujum qildi
20:06 / 10.06.2026
Prezident huzurida Islom sivilizatsiyasi markazining faoliyati va rejalari ko‘rib chiqildi
16:55 / 09.06.2026
Biznes-ombudsman Toshkentdagi reklamalarni buzishda qonuniy yo‘l tutishga chaqirdi
10:25 / 09.06.2026