Jamiyat | 16:45 / 18.12.2019
8063
4 daqiqa o‘qiladi

Jizzaxda HETK xodimlari ishtirokida korrupsiyaga qarshi kurash mavzusida davra suhbati o‘tkazildi

Jizzaxda o‘tgan davra suhbatida korrupsiya xavf-xatarlarini tahlil qilish va aholining keng qatlamlarini xabardor qilib, huquqiy ongini oshirish, OAV orqali tashviqot ishlari olib borilishi, jamiyatda bunday jinoyatlar kelib chiqishining oldini olish bo‘yicha nazorat olib borilishi ta'kidlab o‘tildi.

«Jizzax hududiy elektr tarmoqlari korxonasi» AJda O‘zbekiston Respublikasining «Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida»gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoni hamda «Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonunining qoidalarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ–2752-sonli qarori yuzasidan 16 dekabr kuni jamiyat xodimlari ishtirokida korrupsiyaga qarshi kurash mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

Davra suhbatida «Jizzax xududiy elektr tarmoqlari korxonasi» AJ moliya iqtisod va energosotish masalalari bo‘yicha direktori M.Xolmurodov, huquqiy xizmat boshlig‘i F.Bo‘stonov hamda Majburiy ijro byurosi Jizzax viloyat boshqarmasi boshliq o‘rinbosari, adliya maslaxatchisi Sh.Kenjayev, shuningdek, mutasaddi tashkilot xodimlari ishtirok etdi.

«Jizzax hududiy elektr tarmoqlari korxonasi» AJ matbuot xizmatining xabariga ko‘ra, davra suhbatiga taklif etilgan MIB Jizzax viloyat boshqarmasi boshliq o‘rinbosari, adliya maslahatchisi Sh.Kenjayev so‘zga chiqib, «O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoni hamda «Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonunining qoidalarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori yuzasidan korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari bo‘yicha yig‘ilish qatnashchilariga tushunchalar berdi, korrupsiyaning xavf-xatarlarini tahlil qilish va aholining keng qatlamlarini xabardor qilib, huquqiy ongini oshirish, ommaviy axborot vositalari orqali tashviqot ishlari olib borilishi, jamiyatda bunday jinoyatlar kelib chiqishining oldini olish bo‘yicha nazorat olib borilishini ta'kidlab o‘tdi.

Shundang so‘ng «Jizzax xududiy elektr tarmoqlari korxonasi» AJ huquqiy xizmat boshlig‘i F.Bo‘stonov so‘zga chiqib bugungi kunda korrupsiyaga qarshi kurashish maqsadlariga faqat jinoyat-huquqiy vositalar bilan erishib bo‘lmasligi, bunday ma'naviy buzilish holatlariga qarshi kurashishda nafaqat davlat organlari, balki jamiyat va barcha fuqarolar mas'ulligi haqida gapirdi.

Shunday ekan, davlat va jamiyat shu bilan birga nodavlat notijorat tashkilotlari korrupsiya kabi illatning oldini olish va unga qarshi kurashda birgalikdagi harakat qilsagina samarali natijalarga erishish mumkinligi ta'kidlab o‘tildi.

Tadbir davomida ma'ruzachilar tomonidan jamiyat xodimlarini qiziqtirgan savollarga javob berildi.

«Jizzax XETK» AJ matbuot xizmati

Mavzuga oid