O‘zbekiston | 21:30 / 18.12.2019
2964
2 daqiqa o‘qiladi

YeXHT vakili O‘zbekistonda tuhmat uchun qamoq jazosi bekor qilinishi rejasini olqishladi

Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining OAV erkinligi masalalari bo‘yicha vakili Arlem Dezir O‘zbekiston prezidentining tuhmat va haqorat uchun ozodlikdan mahrum qilish normasini bekor qilishga qaratilgan topshiriqlarini olqishlab chiqdi.

«O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tuhmat va haqorat uchun qamoq jazosini bekor qilish haqidagi qarorini olqishlayman. Bu OAV erkinligi va rivoji uchun yangi qadamdir. 

Biz media erkinlikni ta'minlashga oid qonunchilik islohotlarini diqqat bilan kuzatib boramiz va qo‘llab-quvvatlaymiz», degan u tvitterdagi sahifasida.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid