Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samsung yangi buklama smartfon tayyorlamoqda
Janubiy Koreyaning Samsung kompaniyasi yangi gadjet tayyorlamoqda. Xitoydagi ijtimoiy tarmoqlarda ushbu gadjetning suratlari tarqaldi.
Suratlarga qaraganda, buklama smartfon Motorola Razr tarzida bo‘ladi. U o‘lchami va shakli bilan Galaxy S10 smartfonini eslatadi, ammo teng yarmidan buklanib kvadrat shaklini hosil qiladi, deb xabar bermoqda Ars Technica.
Galaxy Fold’da bo‘lgani kabi yangi smartfonda ham displey uzra joylashtirilgan keng plastik rom bor. U qurilma yopilganida ekranlar bir-biriga tegmasligiga xizmat qiladi.
Hozircha nomi ma'lum qilinmagan gadjetning yonboshida barmoq izlari skaneri joylashgan.
Qurilmaning pastki qismida dinamik va USB-C porti joylashgan bo‘lib, quloqchin uchun tirqish ko‘rinmaydi.
Mavzuga oid
08:42 / 06.05.2026
Samsung kompaniyasining bozor kapitallashuvi 1 trillion dollarga yetdi
21:33 / 25.04.2026
Smartfonda energiya tejash rejimini qachon yoqish kerak?
23:34 / 18.04.2026
2026 yil birinchi choragidagi eng yaxshi smartfonlar ma’lum qilindi
18:01 / 15.04.2026