O‘zbekiston | 12:25 / 24.12.2019
10289
5 daqiqa o‘qiladi

Qashqadaryo viloyati kompleks rivojlantiriladi - hukumat qarori loyihasi

Foto: KUN.UZ

2020-2021 yillarda Qashqadaryo viloyatini kompleks rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi tasdiqlanadi.

Vazirlar Mahkamasining muhokama uchun e'lon qilingan qarori loyihasiga ko‘ra, quyidagilarni o‘z ichiga oluvchi 2020-2021 yillarda Qashqadaryo viloyatini kompleks rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi tasdiqlanadi:

Qashqadaryo viloyatida 2020-2021 yillarda yalpi hududiy mahsulot bo‘yicha prognoz ko‘rsatkichlarini bajarilishi hamda shaharlar va tumanlar imkoniyatlarini to‘liq ishga solish to‘g‘risidagi chora-tadbirlar rejasi;

2020-2021 yillarda Qashqadaryo viloyatini kompleks rivojlantirish Dasturi doirasida loyihalarning yig‘ma jadvali;

2020-2021 yillarda Qashqadaryo viloyatida sanoat yo‘nalishida amalga oshiriladigan istiqbolli investitsion loyihalarining manzilli ro‘yxati;

2020-2021 yillarda Qashqadaryo viloyatida xizmatlar sohasi va servisni rivojlantirish loyihalarining manzilli ro‘yxati;

2020-2021 yillarda Qashqadaryo viloyatida qishloq xo‘jaligi yo‘nalishida amalga oshiriladigan istiqbolli investitsiya loyihalarining manzilli ro‘yxati;

2020-2021 yillar davomida Qashqadaryo viloyati hududida joylashgan bo‘sh turgan bino va inshootlardan samarali foydalanish tashkil etish bo‘yicha chora-tadbir rejasi;

2019-2021 yillarda Qashqadaryo viloyatida qishloq xo‘jaligini diversifikatsiya qilish orqali tadbirkorlikni rivojlantirish, tut ozuqa bazasini mustahkamlash hamda yangi ishlab chiqarish loyihalarini ishga tushirish bo‘yicha chora-tadbirlar;

2020-2021 yillarda Qashqadaryo viloyatida baliq yetishtirish bo‘yicha manzilli chora-tadbirlar dasturi;

2020-2021 yillar davomida Qashqadaryo viloyatida yer maydonlarini qayta tiklash va foydalanishga kiritish rejasi;

2020-2021 yillarda Qashqadaryo viloyatida turizm sohasini kompleks rivojlantirish, jumladan hududlarda yangi turizm marshrutlarini tashkil etish va rivojlantirish yuzasidan chora-tadbirlari;

2020-2021 yillarda Qashqadaryo viloyatida muhandislik-kommunikatsiya va ishlab chiqarish infratuzilmasini jadal rivojlantirish dasturining asosiy ko‘rsatkichlari;

2020-2021 yillarda Qashqadaryo viloyatida ijtimoiy soha infratuzilmasini yanada takomillashtirish bo‘yicha investitsiya loyihalarining manzilli ro‘yxati.

Dastur parametrlarining bajarilishini ta'minlash bo‘yicha davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, tijorat banklari faoliyatini muvofiqlashtirish va monitoring qilish vazifasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi hamda Qashqadaryo viloyati hokimligi zimmasiga yuklanadi.

Qashqadaryo viloyat hokimligi:

Dasturda nazarda tutilgan tadbirlarning belgilangan muddatlarda amalga oshirilishini tahlil qilib boradi va muvofiqlashtiradi;

Dastur bajarilishining monitoringi olib borilishini tashkil etadi va har oyda tizimli ravishda muammoli masalalarni ko‘rib chiqib, ularni hal etish yuzasidan tezkor va amaliy chora-tadbirlar ko‘radi;

zarurat bo‘lganda, tayyorlangan va belgilangan tartibda kelishilgan loyihaning qiymatini va ish o‘rinlari sonini saqlab qolish sharti bilan, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi bilan kelishgan holda Dasturga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilishini ta'minlaydi.

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi Qashqadaryo viloyat hokimligi 2020-2021 yillarda viloyatdagi chorvachilikka ixtisoslashtirilgan xo‘jaliklar tomonidan aholi xonadonlariga AT “Xalq banki” tomonidan ajratiladigan imtiyozli kreditlari hisobidan chet eldan 15 ming bosh naslli chorva mollari olib kelinishini ta'minlaydi.

O‘zbekiston Respublikasi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi viloyat hududidan o‘tuvchi xalqaro va mahalliy ahamiyatga ega avtomobil yo‘llarini rekonstruksiya qilish hamda ta'mirlash ishlarini o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta'minlaydi.

Qashqadaryo viloyat hokimligi “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi bilan birgalikda viloyatda ipakchilikni rivojlantirish uchun 2 250 gektar tut plantatsiyalarini tashkil etilishini ta'minlaydi.

Bildirilishicha, amalga oshiriladigan chora-tadbirlar natijasida, 2019 yil yakuni bilan viloyatda YaHM 34,4 trln so‘mni, o‘sish sur'ati (prognoz 102,6 foiz) 102,9 foizni tashkil etadi.

Shu jumladan, sanoat 19,9 trln so‘m (prognoz 100 foiz) 100 foiz, qishloq xo‘jaligi 18,6 trln so‘m (prognoz 102,6 foiz) 102,7 foiz, qurilish 4,2 trln so‘m (prognoz 108,6 foiz) 103,6 foiz, xizmatlar 7,8 trln so‘m (prognoz 106 foiz) 106 foiz va chakana savdo 9,3 trln so‘m (prognoz 101,5 foiz) 101,5 foiz.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid