Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sergelida investitsiya shartnomasiga asosan ajratilgan yerni sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi
Foto: Fotolia
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan prokuratura organlari bilan hamkorlikda, Sergeli tumani, Qo‘yliq mavzesida tezkor tadbir o‘tkazildi.
Unda, “B.T.” MChJ rahbari M.A. “Zamonaviy mahalla” loyihasi asosida Sergeli tumani, Qo‘yliq mavzesida madaniy-maishiy xizmat ko‘rsatish obektlarini qurish uchun “B.H.Q.” XKga investitsiya shartnomasi asosida ajratilgan 0,55 gektarli yer maydonini fuqaro R.A.ning ishonchiga kirib, unga 290 000 AQSh dollariga sotishni rejalashtirib, shundan, 10 000 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida jinoyat ustida ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Hozirda tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
23:08 / 23.02.2026
Ijtimoiy tarmoqlardagi «dipfeyk» firibgarliklar rekord darajaga yetdi
10:29 / 20.02.2026
Sergelida YTH: “Matiz” va Hongqi to‘qnashdi
15:24 / 19.02.2026
Fuqarolar MyGov orqali bank kartalari va SIM-kartalari sonini ko‘ra oladi
14:03 / 19.02.2026