O‘zbekiston | 15:43 / 25.12.2019
12503
2 daqiqa o‘qiladi

Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasi pasport bo‘yicha eslatma bilan chiqdi

Foto: KUN.UZ

Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish Bosh boshqarmasi biometrik pasport olmagan fuqarolarga nobiometrik pasportlarni almashtirish muddati 2019 yil 31 dekabr etib belgilanganini eslatdi.

Qayd etilishicha, O‘zbekiston aholisini biometrik pasport bilan ta'minlash jarayonlari Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish xizmatlari ma'lumotlarni yig‘ish punktlarida izchillik bilan davom ettirilmoqda, aholiga biometrik pasport rasmiylashtirish uchun joylardagi ma'lumotlarni yig‘ish punktlarida fuqarolar uchun barcha shart-sharoitlar mavjud bo‘lib, tayyor bo‘lgan pasport egalariga uyali telefonlariga qo‘ng‘iroq qilish yoki sms xabar orqali biometrik pasport tayyorligi va olib ketishlari haqida ma'lumot berib borilmoqda.

“Biometrik pasportga ega bo‘lmagan fuqarolar 2019 yil dekabr oyini kelishini kutmasdan hoziroq doimiy yashash manzillaridagi IIB MvaFR xizmatlaridagi ma'lumotlarni yig‘ish punktlariga zaruriy hujjatlar bilan murojaat etishlari va biometrik pasport olishlarini so‘rab qolamiz. Pasportning amal qilish muddati o‘tganligi, yo‘qotganligi yoki ehtiyotsizlik oqibatida yaroqsiz holga keltirganligi uchun, O‘zbekiston Respublikasi MJTKning 223-moddasida belgilangan tartibda jarima solinishiga sabab bo‘ladi”, - deyiladi xabarda.

Biometrik pasportga ega bo‘lmagan fuqarolardan IIB MvaFR bo‘limlaridagi ma'lumotlarni yig‘ish punktlariga murojaat etish hamda nobiometrik pasportlarni o‘z vaqtida almashtirish so‘ralgan.

Mavzuga oid