O‘zbekiston Xalqaro ochiq ma'lumotlar Xartiyasiga qo‘shilishni rejalashtirmoqda
O‘zbekiston Respublikasida ochiq ma'lumotlar infratuzilmasini yanada rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar qabul qilinadi.
Vazirlar Mahkamasining muhokama uchun e'lon qilingan qarori loyihasiga ko‘ra, foydalanuvchilarning ochiq ma'lumotlarga bo‘lgan ehtiyoji ortib borayotganligi munosabati bilan mamlakatda davlatning jamiyatga ochiqligi va shaffofligini ta'minlash, elektron hukumat tizimini isloh qilish, shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasi ochiq ma'lumotlar portalini takomillashtirish bo‘yicha izchil ishlar amalga oshirilmoqda.
Shu bilan birga, vazirlik va idoralar tomonidan Portalda e'lon qilinadigan ma'lumotlar to‘plamlarining o‘z vaqtida yangilanmasligi, shuningdek, Portaldagi ma'lumotlar ularning rasmiy saytlarida e'lon qilinadigan ma'lumotlar bilan aynan bir xil kelmasligi kuzatilmoqda.
Bu, o‘z navbatida, iqtisodiy, moliyaviy va statistik axborotlarni majburiy nashr etish, shuningdek, uni Portalda hamda Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, ustav kapitalida davlat ulushiga ega tashkilotlar rasmiy saytlarida yangilashga doir aniq talablarni belgilash zaruratini yaratadi.
Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasining xalqaro reytinglarda dunyodagi o‘rtacha darajadan past ekanligini va ko‘p jihatdan ochiq ma'lumotlar sohasida bir qator rivojlanayotgan mamlakatlardan ortda qolayotganligini ko‘rsatadi. Ushbu holat xalqaro sarmoyalar, sayyohlar, innovatsion yechimlar va texnologiyalarni jalb qilishga xalaqit beradigan xalqaro miqyosda mamlakat obro‘siga salbiy ta'sir ko‘rsatmoqda.
Shuningdek, tadqiqotlar O‘zbekiston Respublikasining Xalqaro ochiq ma'lumotlar Xartiyasiga qo‘shilish zarurligini ko‘rsatdi, uning asosiy maqsadi – ishtirokchilarning axborotning ochiqligi, mavjudligi va inklyuziv rivojlanishiga intilishini ifoda etuvchi prinsiplarga muvofiq siyosiy o‘zgarishlarga chidamliligini oshirish uchun hukumatlarda ochiqlik madaniyati va amaliyotini joriy etish ekanligini ko‘rsatdi.
Xartiyaga qo‘shilish, o‘z navbatida, mamlakatlarning ochiqlikka bo‘lgan sadoqatini baholaydigan "Ochiq ma'lumotlar barometri" va "Ochiq ma'lumotlar global indeksi" kabi xalqaro reytinglarda va indekslarda ishtirok etish imkonini beradi.
Hujjat bilan quyidagilar:
O‘zbekiston Respublikasi Xartiya tamoyillariga rioya etilishi bo‘yicha "Yo‘l xaritasi";
2020-2024 yillarda O‘zbekiston Respublikasida ochiq ma'lumotlarning rivojlanish Konsepsiyasi;
Portal to‘g‘risida Nizom tasdiqlanadi.
Davlat statistika qo‘mitasiga:
manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasini Xartiyaga qo‘shish bo‘yicha zarur choralarni ko‘rish vazifasi yuklatiladi;
O‘zbekiston Respublikasi Xartiya tamoyillariga rioya etilishi bo‘yicha "Yo‘l xaritasi"ning barcha bandlarini bajarilishi ustidan doimiy monitoring olib boradi;
Agentlik, manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2020-2024 yillarda O‘zbekiston Respublikasida ochiq ma'lumotlarni rivojlantirish Konsepsiyasini amalga oshirish bo‘yicha zarur choralar ko‘radi.
Davlat statistika qo‘mitasiga O‘zbekiston Respublikasi Xalqaro ochiq ma'lumotlar Xartiyasi tamoyillarini bajarish bo‘yicha faoliyatni muvofiqlashtirish yuklanadi.
Davlat statistika qo‘mitasi:
Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, ustav kapitalida davlat ulushiga ega tashkilotlar rasmiy veb-saytlari maxsus sahifalarida va Portalda ochiq ma'lumotlarni shakllantirish, joylashtirish, qayta ishlash va e'lon qilish Reglamentini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyatlari organlari va ustav kapitalida davlat ulushi bo‘lgan tashkilotlar uchun majburiy bo‘lgan ochiq ma'lumotlar to‘plamlarini Portalda e'lon qilishga mas'ul shaxslar uchun namunaviy lavozim yo‘riqnomalarini ishlab chiqadi.
Davlat statistika qo‘mitasi 2021 yilning 1 yanvariga qadar kengaytirilgan va takomillashtirilgan funksiyaga ega Portalning yangi versiyasini ishlab chiqish va amalda tatbiq qilishni ta'minlaydi.
Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va ustav kapitalida davlat ulushiga ega tashkilotlar 2021 yilning 1 yanvariga qadar idoraviy axborot tizimlaridagi ochiq ma'lumotlar to‘plamlarini tasdiqlangan Ro‘yxatga asosan Portal bilan integratsiyalashtirilishini, shuningdek ularni doimiy ravishda joylashtirilishini ta'minlaydilar.
Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va ustav kapitalida davlat ulushiga ega tashkilotlar rahbarlari:
Xalqaro ochiq ma'lumotlar Xartiyasi tamoyillariga rioya qilishga;
2020-2024 yillarda O‘zbekiston Respublikasida ochiq ma'lumotlarning rivojlanish Konsepiyasi talablarini bajarishga;
Ro‘yxat asosida Portalda e'lon qilinadigan axborotlarning mazmuniga, to‘liqligiga, ishonchliligiga, o‘z vaqtida shakllantirilishiga va yangilab turilishiga;
tegishli axborotlarni shakllantirishda xalqaro metodologik standartlarni, tavsiyalarni o‘rganishga va ularning amalda qo‘llanishiga;
iqtisodiy, moliyaviy va boshqa statistik axborotlarni e'lon qilishga;
minoritar va portfel investorlari tomonidan talab qilinadigan sifatli, ishonchli va dolzarb axborotlarni e'lon qilishga;
rasmiy saytlarda e'lon qilinadigan axborotlarning Portalda joylashtiriladigan axborotlar bilan aynan bir xil kelishi va o‘zaro bog‘liqligini ta'minlash yuzasidan shaxsiy javobgardirlar.
Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, davlat ulushiga ega tashkilotlar Portalda ochiq ma'lumotlar to‘plamlarini e'lon qilish masalalari bo‘yicha mas'ul mansabdor shaxsni tayinlashni ta'minlaydilar.
Mavzuga oid
08:44 / 06.06.2022
Parrandachilikni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimi o‘zgaradi
16:10 / 26.04.2022
Birorta ham hududiy hokimlik budjet bo‘yicha ochiq ma’lumotlarni e’lon qilmagan – Hisob palatasi
09:01 / 08.04.2022
«Olima ayollar jamiyati» nimalar bilan shug‘ullanishi ma’lum bo‘ldi
07:51 / 26.03.2022