Sport | 22:58 / 25.12.2019
11248
2 daqiqa o‘qiladi

Shimoliy koreyalik ayol futbolchilar Olimpiada-2020’da ishtirok etishdan bosh tortishdi  

Futbol bo‘yicha Shimoliy Koreya ayollar terma jamoasi Janubiy Koreyaning Cheju shahrida o‘tadigan Osiyo konfederatsiyasining 3-saralash raundida ishtirok etishdan bosh tortdi. Bu haqda Yonhap axborot agentligi xabar berdi. 

Shimoliy Koreya vakilalari 3-9 ferval kunlari A guruhida Janubiy Koreya, Vetnam va Myanma terma jamoalari bilan o‘ynashlari kerak edi. Biroq shimoliy koreyaliklarning “he yo‘q, be yo‘q” bunday qarorga kelishi sababli tashkilotchilar ularning o‘rniga yangi terma jamoa qidirmaydigan bo‘ldilar va Olimpiadaga yo‘llanma 3 jamoa o‘rtasida o‘ynaladi.

Xitoyning Uxanida esa V guruhi o‘yinlari bo‘lib o‘tadi. Bu guruhda Avstraliya, Xitoy, Tailand va Tayvan bellashadi.

Olimpiadada 12 ta ayollar terma jamoasi ishtirok etadi. Ayni vaqtda Tokioda o‘tadigan o‘yinlarga Yaponiya, Braziliya, Yangi Zelandiya, Buyuk Britaniya, Gollandiya va Shvetsiya terma jamoalari saralab olindi. Osiyo vakilalari esa ikkita yo‘llanma uchun kurashadilar.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid