Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent shahridagi ba'zi imom-xatiblar o‘rni almashdi
O‘zbekiston musulmonlari idorasining buyrug‘i bilan Toshkent shahridagi qator masjidlarga imom-xatib vazifasiga tayinlovlar amalga oshirildi.
Musulmonlar idorasi Toshkent shahar vakilligi xabariga ko‘ra, Toshkent shahar Bektemir tumani bosh imom-xatibi, “Qorasoqol ota” jome masjidi imom-xatibi Yo‘ldoshali Karimov Yashnobod tumanidagi “Islom ota” jome masjidi imom-xatibi vazifasiga o‘tkazildi.
O‘z navbatida, “Islom ota” masjidi imom-xatibi vazifasida ishlab kelayotgan Jasurbek Raupov Chilonzor tumanidagi “Nosirxon” jome masjidi imom-xatibi vazifasiga o‘tkazildi.
“Nosirxon” jome masjidi imom-xatibi vazifasida xizmat qilib kelgan Xudoyor O‘rozimbetov Bektemir tumanidagi “Qorasoqol ota” jome masjidi imom-xatibi vazifasiga o‘tkazildi.
Imom-xatiblarni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisining birinchi o‘rinbosari Homidjon Ishmatbekov, Masjidlar bo‘limi mudiri Muhammadnazar Qayumov va O‘MI vakil o‘rinbosari Sahobiddin Satimovlar jamoatga tanishtirishgan.


Mavzuga oid
10:20
Andijonda davlat zaxirasidagi yerni 160 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan fuqaro ushlandi
09:00 / 01.07.2026
Toshkent va Navoiyda mansabdorlar pora bilan ushlandi
22:48 / 28.06.2026
Toshkentda “svet” o‘chishi oqibatida attraksionda qolib ketgan odamlar tushirib olindi
21:23 / 28.06.2026