«Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi» AJda elektron kutubxona tashkil etildi
Kitob o‘qigan millatning tafakkuri keng, maqsadi yuksak bo‘ladi. Shu orqali millat ulkan marralarga yetishadi. Shu sabab bugungi kunda jamiyatimizda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirishga katta e'tibor qaratilmoqda, ushbu masalaga oid muhim farmon va qarorlar qabul qilindi.

Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev tashabbusi bilan mamlakatimizda ijtimoiy, ma'naviy-ma'rifiy sohalardagi ishlarni yangi tizim asosida yo‘lga qo‘yish bo‘yicha ilgari surilgan 5 ta tashabbusning ko‘lami va ahamiyati beqiyosdir.
Ana shu tashabbuslarni yurtimiz bo‘ylab tizimli ravishda hayotga joriy etish bo‘yicha belgilab berilgan vazifalarni amalga oshirish borasida «Buxoro HETK» AJda qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, bu yerda kompyuter texnologiyalaridan foydalanilib, energetika sohasi hamda elektr qurilmalarni ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi va yong‘in xavfsizligi qoidalarini o‘zida mujassam etgan kitoblardan iborat elektron kutubxona yaratildi. Shu bilan birgalikda elektron kutubxona foydalanuvchilariga qulaylik yaratish maqsadida Android operatsion tizimida ishlovchi smartfonlar uchun mobil ilova ham ishlab chiqildi.
Mobil ilovani yuklab olganingizdan so‘ng QR-kodli elektron kutubxonadan kerakli kitob tanlanadi va aynan shu kitobga tegishli QR-kod smartfon kamerasi orqali skaner qilinadi.
Identifikatsiya jarayonidan keyin smartfon ekranida tanlangan elektron kitobni yuklash uchun giperhavola paydo bo‘lib, ushbu havolani brauzerda ochish orqali elektron kitobni smartfonda o‘qish hamda kelgusida undan foydalanish maqsadida smartfon xotirasiga yuklab olish mumkin.
«Buxoro HETK» AJ matbuot xizmati
Tavsiya etamiz
Migrantlarning pul o‘tkazmalarisiz O‘zbekistonda kambag‘allik 17 foizgacha oshishi mumkin – Jahon banki
Iqtisodiyot | 18:12 / 07.03.2025
Tramp vakillari Zelenskiyning siyosiy raqiblari bilan yashirincha uchrashgan
Jahon | 15:30 / 07.03.2025
AQShning Kiyevga harbiy yordami to‘xtatilishi - bu ukrain armiyasi uchun nimani anglatadi?
Jahon | 18:17 / 06.03.2025
WizzAir O‘zbekistonga amalga oshiradigan reyslarida o‘zbek tilida ham xizmat ko‘rsatadi
O‘zbekiston | 14:01 / 06.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Rossiyalik harbiylar Sudjaga gaz quvuri orqali hujum qildi
Jahon | 20:11
-
Oq uy yaqinida otishma sodir bo‘ldi
Jahon | 19:46
-
Bloomberg: AQSh Kanada bilan birga Rossiyaning «soyadagi floti»ni kuzatishdan bosh tortdi
Jahon | 19:36
-
Tinchlik metallari: AQSh, Ukraina va Rossiya o‘rtasidagi resurs kelishuvining nimasi g‘alati?
Jahon | 19:14
Mavzuga oid

15:49 / 21.12.2024
“Hududiy elektr tarmoqlari”ga yangi rais tayinlandi

22:42 / 17.09.2024
Toshkentda Bobur ko‘chasining bir qismida avtomobillar harakati cheklanadi

15:21 / 20.08.2024
O‘zbekistonda hududiy elektr tarmoqlari boshqaruvini xususiy sektorga berish boshlanadi

20:26 / 07.08.2024