Jahon | 00:20 / 26.12.2019
16301
2 daqiqa o‘qiladi

Germaniyada Tramp Kim Chen In va oyatulloh Ali Xominaiydan xavfliroq deb ataldi

Foto: Getty Images

Germaniyada AQSh prezidenti Donald Tramp dunyoda tinchlik uchun Rossiya prezidenti Vladimir Putin, Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In va Eron oliy yetakchisi oyatulloh Ali Homanaiydan xavfliroq deb hisoblanishi ma'lum bo‘ldi. Bu haqda DW nashri xabar berdi. 

YouGov ijtimoiy instituti tomonidan o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalariga ko‘ra, 41 foiz nemislar Trampni tinchlik uchun xavfli deb hisoblashadi. 17 foiz nemislar Kim Chen Inni, 8 foizi Putinni va 7 foizi Si Tszinpinni eng xavfli deb topgan.

2018 yilda ham nemislar deyarli shunday fikr bildirishgan. O‘shanda Tramp 48 foiz, Kim Chen In 21 foiz va Putin 15 foiz nemislar tomonidan tinchlik uchun bosh xavf deb aytilgan.

Kantar ijtimoiy instituti tomonidan o‘tkazilgan boshqa bir so‘rovnomaga ko‘ra, nemislar Fransiya prezidenti Emmanyuel Makronga Germaniya kansleri Angela Merkeldan ko‘ra ko‘proq ishonar ekanlar. Respondentlarning 53 foizi Merkelga ishonchi yuqoriligini, 44 foizi pastligini aytgan bo‘lsa, Makronning faoliyatini 57 foiz so‘ralganlar ijobiy, 32 foizi salbiy deb baholagan. Nemislar orasida ishonchlilik bo‘yicha 3-o‘rinni Avstriya kansleri, 33 yoshli Sebastyan Kurs egallagan.  

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid