Jamiyat | 09:00 / 27.12.2019
10977
6 daqiqa o‘qiladi
Reklama

Jizzax Organic qishloq xo‘jaligi klasterining buguni va ertasi

Mamlakat qishloq xo‘jaligida chorvachilikning roli va o‘rni beqiyos. Qattiq ozuqa bazasini yaratish va naslli chorvachilikni rivojlantirish masalalariga alohida e'tibor qaratish birinchi navbatdagi ustuvor vazifalar sirasiga kiradi. Ushbu sohani rivojlantirish uchun ilg‘or xalqaro tajribani o‘zlashtirish kerak. Shu yilning 16 oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan chorvachilik va bog‘dorchilikni rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilishda shular haqida so‘z bordi.

Jizzax viloyatida chorvachilikni rivojlantirish va go‘sht, sut va boshqa chorvachilik mahsulotlarining hajmini oshirish borasida maqsadli yo‘naltirilgan ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, 2019 yilda Jizzax Organic go‘sht va sut ishlab chiqaradigan zamonaviy agrosanoat klasteri faoliyatini tashkil etish bo‘yicha yirik investitsiyaviy loyihani realizatsiya qilish boshlandi.

Jizzax Organic – yirik agrosanoat mamuasi

Dashtobod shahridan tashqariga chiqishingiz bilan Chilonzor mahallasi yonida – cho‘lning o‘rtasida ulkan qurilish maydonchasini ko‘rishingiz mumkin. 57 gektar maydonda 6000 bosh qoramol boqiladigan ulkan Jizzax Organic chorvachilik kompleksi qurilmoqda.

“Majmuaning qurilishi qat'iy jadval asosida olib borilmoqda. Loyihaning qiymati 34 mln. AQSh dollarini tashkil etadi. Joriy yilning may oyidan boshlab 10 mln. AQSh dollari o‘zlashtirildi yoki boshqacha aytganda, qurilish-montaj ishlari 30 foizga bajarildi. Bugungi kunda obektda 340 nafar ishchi va muhandis-texnik xodimlar ishlamoqda, qurilishga 59 ta maxsus texnika jalb qilingan”, deydi loyiha rahbari Muhiddin ABDULLAYeV.

Jizzax Organic kompaniyasining birinchi bosqichini ishga tushirish 2020 yilning iyun oyiga mo‘ljallangan. Hozirga qadar yem-xashak saqlash uchun 4 ta omborxona, pichanlarni saqlash uchun 10 ta maydon va chorva mollari uchun ozuqa ishlab chiqarish sexi qurildi. Hozirda har biri 500 bosh qoramolga mo‘ljallangan 4 ta molxona qurilishi jadal sur'atlarda olib borilmoqda.

Rejalashtirilgan barcha ishlarning qat'iy belgilangan jadvalga muvofiq amalga oshirilishi va zamonaviy texnologiyalardan samarali foydalanilishi ushbu muhim obektning qurilish sifati va sur'atlariga ijobiy ta'sir ko‘rsatmoqda. Masalan, qurilayotgan obektning hududida to‘g‘ridan-to‘g‘ri qurilgan beton blok to‘liq quvvat bilan ishlamoqda. Shunisi e'tiborga loyiqki, ushbu qurilma tufayli nafaqat qurilish uchun betonni uzluksiz yetkazib berilmoqda, balki yonilg‘i-moylash materiallarini tejalmoqda, mehnat va moliyaviy mablag‘larni tejashga yordam beradigan temir-beton konstruksiyalar ishlab chiqarilmoqda.

Majmua hududida ishchi-xodimlar uchun maxsus shaharcha barpo etilmoqda. Ko‘p qavatli binolar nafaqat zamonaviy jihozlangan kvartiralarga, balki ovqatlanish va maishiy xizmatlarga ham ega bo‘ladi. Bir so‘z bilan aytganda, tez orada cho‘lning o‘rtasida nafaqat ulkan chorvachilik kompleksi, balki mehnat jamoasi a'zolari uchun qulay shaharcha paydo bo‘ladi.

100 mln dollarlik investitsiya loyihasi

Kelgusida Jizzax Organic mamlakatdagi eng yirik chorvachilik agrosanoat klasterlaridan biri bo‘ladi. Ushbu loyiha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 23 iyuldagi “Jizzax viloyatida go‘sht-sut mahsulotlari yetishtirish yo‘nalishidagi agrosanoat klasterini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 619-sonli qaroriga muvofiq amalga oshirilmoqda. Ushbu loyiha doirasida Zomin va Zarbdor tumanlari hududida 11 ming gektar yer maydoni ajratilgan.

Qishloq xo‘jaligi majmuasi bir yilda 2,5 ming tonna go‘sht yetishtirish quvvatiga ega bo‘ladi. Yaqin kelajakda kompleksdagi zotdor qoramollar soni 6 mingga yetadi. Loyihaning umumiy qiymati 100 million AQSh dollariga teng bo‘lishi aytilmoqda.

Jizzax Organic qishloq xo‘jaligi klasterining yaratilishi nafaqat ishlab chiqarilgan sut va go‘sht hajmining sezilarli darajada ko‘payishiga, balki respublikada zotdor qoramollar sonining ko‘payishiga yordam beradi.

Ushbu loyihani amalga oshirishning asosiy ustunligi respublikada mutlaqo yangi bo‘lgan qoramol zotlari (Aberdeyen-Angus, Vagyu va Xereford) yetishtiriladigan Jizzax Organic mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmini ko‘paytirishdan iborat, bu shubhasiz go‘sht va sut mahsulotlarini xorijiy mamlakatlarga ham eksport qilish hajmini oshirishga yordam beradi.

“Asosiy maqsadimiz – kompleksni zamonaviy to‘liq siklli ishlab chiqarishga aylantirish, – deydi Jizzax Organic MChJ xorijiy kompaniyasi bosh direktori Hikmatilla KARIMOV. – Kompaniyamiz go‘sht, sut va boshqa chorvachilik mahsulotlarining hajmini oshirishga xizmat qiladigan sohadagi eng ilg‘or texnologiyalar va ilmiy salohiyatga e'tiborni qaratadi. Bu yil biz kerakli miqdorda sifatli ozuqa ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ydik. Asosiy vazifalarimizdan yana biri – mahsulotning mo‘ljallanayotgan hajmiga erishish. Zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan majmuada seleksiya-genetik markazini (SSC) tashkil etish yana bir muhim yo‘nalish hisoblanadi. Hozir ushbu yo‘nalishlarning barchasida maqsadli ishlar amalga oshirilmoqda. 2017–2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida qishloq joylarda yangi ish o‘rinlarini yaratishga alohida e'tibor qaratilgan. Barcha ishlarimiz ushbu muhim hujjat talablariga muvofiq amalga oshirilmoqda. Jizzax Organic kompaniyasida jami 300dan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratiladi”.

Kompaniya sayti:
https://jizzax.org/

E-mail:
i.yadgarov@jizzax.org

Telegram: https://t.me/jizzax-organic

Reklama huquqi asosida​​​​​​

Mavzuga oid