Iqtisodiyot | 16:42 / 31.01.2020
23894
7 daqiqa o‘qiladi
Reklama

Jizzax viloyati hokimi Jizzax Organic yirik investitsion loyihasini yo‘lga qo‘yish ishlari bilan tanishdi

Ta'kidlash joizki, yirik shoxdor qoramollar (YShQ) sektori chorvachilik va dehqon xo‘jaliklarining kuchli rivojlangan sohasi hisoblanadi va uning hissasiga dehqonlar chorva mahsulotlarining 74 foizi to‘g‘ri keladi.

Jizzax Organic zamonaviy integrallashgan to‘liq siklli ishlab chiqarish tizimi esa o‘zida yetakchi texnologiyalarning eng yaxshi tajribalarini, ilg‘or bilimlarni jamlagan holda O‘zbekistonda o‘xshashi yo‘qligi bilan ham ahamiyatlidir.

2019 yilning 28 martida qabul qilingan “Veterinariya va chorvachilik sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident farmoni ijrosi bo‘yicha va davlat rahbarining “Chorvachilik tarmog‘ini yanada rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori yuzasidan Jizzax Organic chorvani ozuqa bilan ta'minlash, go‘sht va sut mahsulotlari ishlab chiqarish kabi yo‘nalishlarni rivojlantirish bilan birga o‘z seleksion-genetichek markazi faoliyatini ham yo‘lga qo‘ygan. O‘z navbatida bu omillar bozorni arzon va sifatli mahsulot bilan to‘ldirishga xizmat qiladi. Jizzax Organic korxonasining maqsadi O‘zbekiston ahliga ekologik toza mahsulotlar taqdim etish bilan birga davlatimizning eksport salohiyatini oshirishdan iborat.

Bu yirik investitsion loyihadagi rejalar qay darajada uddalanayotganiga shaxsan ishonch hosil qilish maqsadida Jizzax viloyati hokimi Ergash Alibekovich Soliyev 30 yanvar kungi ishchi tashriflari doirasida 2019 yildan buyon Zomin va Zarbdor tumanlarida shiddat bilan rivojlanayotgan Jizzax Organic klasterining agrosanoat kompleksida bo‘ldi.

120 mln yevro investitsiya kiritilgan, 11 000 gektar yer maydoni ajratilgan agrosanoat sohasidagi bu yirik loyihani amalga oshirish ishlari Jizzax viloyati rahbarida katta qiziqish o‘yg‘otdi. Loyiha Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 23 iyulda “Jizzax viloyatida go‘sht-sut mahsulotlari yetishtirish yo‘nalishidagi agrosanoat klasterini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qabul qilingan №619 raqamli qarori bilan tashkil etilgani ham ahamiyatli.

Jizzax Organic klasteriga tashrif chog‘ida viloyat hokimini Jizzax Organic bosh direktori Hikmatilla Karimov, uning o‘rinbosari Ikrom Yadgarov va qurilish loyihasi rahbari Muhiddin Abdullayevlar kutib oldilar hamda loyiha ko‘lami, olib borilayotgan ishlar bilan tanishtirdilar. Foydalanilayotgan va foydalanishga topshirilishga tayyor bo‘lgan obektlar bilan tanishish chog‘ida ularning har biri haqida batafsil ma'lumot berdilar.

Xususan, Jizzax Organic agrosanoat klasteri faoliyatini yo‘lga qo‘yish nafaqat go‘sht va sut mahsulotlar ishlab chiqishni, balki o‘simlikshunoslikni ham qamrab oladi. O‘zbekiston hukumatining faol qo‘llab-quvvatlashi natijasida kompaniya o‘tgan bir yil ichida tasarruf etish uchun qabul qilib olingan yer maydonini obod qilish, ko‘kalamzorlashtirish, infratuzilmani qayta tiklash va yo‘lga qo‘yish bo‘yicha qator ishlarni amalga oshirdi. Qoramollarni boqish uchun yem-xashak g‘amlash maqsadida ozuqabop o‘simliklar yetishtirish yo‘lga qo‘yildi. Dastlabki ferma qurib bitkazildi, Yevropadan 500 bosh aberdin-angus zotli qoramollar keltirildi. 2020 yil davomida ular yoniga yana 6 ming bosh qoramol qo‘shiladi. Ayni paytda yem-xashak saqlash uchun 4ta inshoot qurib bitkazildi, pichan g‘amlash uchun 10ta maydon hozirlandi. 4ta chorvachilik korpuslari qurilishi davom etmoqda. Jizzax Organic klasterining ilk obektlarining dastlabki bosqich qurilish ishlari 2020 iyun oyida yakunlanadi.

Jizzax viloyati hokimi E.A.Soliyev qurilishi 45 foizga tugallangan sutchilik fermasini diqqat bilan ko‘zdan kechirdi. Qurilish tugallanmaganiga qaramay keltirilgan texnologiyalar, bo‘lajak innovatsiyalar, jonivorlar uchun yaratiladigan sharoitlar bilan tanishish mumkin. Bugungi kun holatiga sutchilik fermasiga 60 mln yevro investitsiya kiritgan. Jizzax Organic kompaniyasi tez orada o‘zining A2 sifatli va foydali sutlari bilan mashhur bo‘lgan golshtin zotli 2 ming bosh qoramol keltirishni rejalashtirmoqda. Ular uchun bog‘lanmay saqlanish sharoitlari, sayr qilish imkoniyatlarini beruvchi keng molxonalar qurilmoqda. Inson omilini kamaytirish, hayvonlarni stressga tushirmaslik uchun oziqlantirish, sog‘ish, iqlim sharoiti, urug‘lantirish, tozalash, salomatlikni nazorat qilish kabi ishlar robotlashtiriladi. Viloyat rahbari ozuqlantirish uchun xedloklar va boshqa innovatsion ishlanmalarni qiziqish bilan tomosha qildi. Keyinroq hokim klaster rahbarlari bilan 70 Ga hududni egallashi mo‘ljallangan fidlot (bo‘rdoqichilik maydoni)ni obodonlashtirish ishlarini muhokama qildi.

Jizzax viloyati hokimi E.A.Soliyev Jizzax Organic o‘z oldiga qo‘ygan vazifalar hudud va respublika uchun qay darajada muhim ekanligini ta'kidladi. O‘zbekistonning bu chorvachilik-agrosanoat klasteri hududni rivojlantirish, fermer xo‘jaliklari faoliyatini yangi bosqichga olib chiqish, yosh mutaxassislarni o‘qitish va kadrlar masalasini yechish bo‘yicha muhim ahamiyatga ega. Rejaga ko‘ra korxonada 300 nafardan ortiq mutaxassislar ishga joylashadi. Ular uchun munosib ish sharoitlari yaratish maqsadida Jizzax Organic xodimlari uchun butun bir kichik shaharcha qurish va infratuzilmani yo‘lga qo‘yish rejasi tuzilgan. Loyiha muhokamasi doirasida E.A.Soliyev Jizzax Organic xodimlari uchun turar-joy kompleksini qurish uchun eng yaxshi joy tanlashda o‘z tavsiyalarini berdi.

O‘z tashrifini yakunlarkan, Jizzax viloyati hokimi Jizzax Organic rahbariyati va xodimlariga minnatdorlik bildirdi va ularga o‘z rejalarini amalga oshirishda muvaffaqiyatlar tiladi. Zero bu rejalar amalga oshishi agrokompleksning qishloq xo‘jaligi sohasida o‘ziga xos drayverga aylanishi hamda aholi uchun sifatli va mazali mahsulot taqdim etishi bilan juda katta ahamiyatga ega.

Sayt: www.jizzax.org

Telegram: t.me/jizzaxorganic

Instagram: @jizzax.organic

Facebook: fb.com/Jizzax-organic

Jizzax Organic Matbuot xizmati

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid