Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev Navoiy viloyatiga jo‘nab ketdi
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev Navoiy viloyatiga jo‘nab ketdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.
“Shu kunlarda hamma joyda bayram kayfiyati hukmron. Yurtimizda yangi inshootlar, maktablar, korxonalar ishga tushirilayotgani bu shukuhni yanada oshirmoqda”, - deyiladi matbuot xizmati ma'lumotida.
Qayd etilishicha, Navoiy viloyatida ham ulkan sanoat komplekslari qurib bitkazilgan.
Davlat rahbari ulardan birining ochilish marosimida ishtirok etadi, mavjud korxonalar faoliyati bilan tanishadi.
Kun.uz muxbirining xabar berishicha, prezident “Navoiy” erkin iqtisodiy zonasiga tashrif buyurishi kutilyapti,
Shuningdek, davlat rahbari “National plast” va “Green line profil” korxonalari faoliyati bilan tanishadi.
Navoiy issiqlik elektr stansiyasida ishga tushirilgan ikkinchi bug‘-gaz qurilmasi bilan tanishish, uchinchi bug‘-gaz qurilmasi taqdimoti o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Bundan tashqari, Shavkat Mirziyoyev “Navoiyazot” aksiyadorlik jamiyatiga tashrif buyurib, ammiak va karbamid, azot kislotasi zavodlari qurilish maydonini borib ko‘rishi kutilyapti, deb xabar qilmoqda Kun.uz muxbiri.
Mavzuga oid
23:10 / 30.05.2026
Navoiyda ming dollar porani rad etgan YPX xodimi mukofotlandi
23:50 / 19.05.2026
Navoiydagi konda yashirincha oltin qazish bilan shug‘ullangan guruh ushlandi
17:53 / 11.05.2026
Navoiyda kuyovini o‘ldirish uchun killer yollagan ayol ushlandi
07:18 / 09.05.2026