Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Banklarda jismoniy shaxslar bilan valuta ayirboshlash operatsiyalarini amalga oshirish tartibiga o‘zgartirish kiritiladi
Tijorat banklarida jismoniy shaxslar bilan valuta ayirboshlash operatsiyalarini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritiladi.
Muhokama uchun e'lon qilingan hujjat loyihasiga ko‘ra, shikastlanish belgilari mavjud bo‘lgan muomalaga yaroqli banknotalar bilan valuta operatsiyalarini amalga oshirish, shuningdek, muomalaga yaroqsiz banknotalarni inkassoga qabul qilish tartibi tijorat banklari tomonidan mustaqil ravishda belgilanishi mumkin.
Shuningdek, valuta ayirboshlash shoxobchasida jismoniy shaxslarning shikastlangan banknotalari bilan bog‘liq valuta ayirboshlash operatsiyalari amalga oshirilganda muvofiq shakldagi 09012-son ma'lumotnoma ikki nusxada rasmiylashtiriladi va uning bir nusxasi jismoniy shaxsga beriladi, ikkinchi nusxasi kunlik hujjatlarga tikib qo‘yiladi.
Tijorat banklari tomonidan jismoniy shaxslarning shikastlangan banknotalarini milliy valutaga ayirboshlash yoki shu turdagi shikastlanmagan banknotalarga almashtirish, maydalash, yiriklash hamda konversiya operatsiyalarni amalga oshirishni rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Shikastlangan banknotalar bilan bog‘liq valuta ayirboshlash yoki muomalaga yaroqsiz banknotalarni inkassoga qabul qilish operatsiyalari amalga oshirilganda, bunday operatsiyalar 09011-son reyestrga rasmiylashtiriladi.
Mavzuga oid
19:51 / 27.05.2026
1 dollar ≠ 1 so‘m ≠ 1 rubl. Valutalar qiymati nega har xil?
09:39 / 27.05.2026
Markaziy bank valuta operatsiyalari tartibiga o‘zgartish kiritmoqchi
20:41 / 08.05.2026
Bankdan 500 dollargacha naqd valutani pasporsiz olishga ruxsat beriladi
17:55 / 29.04.2026