Sport | 16:05 / 30.12.2019
3500
2 daqiqa o‘qiladi

«Navbahor» to‘purari Aleksandr Kasyan «Surxon»ga o‘tdi

2019 yilgi mavsumni «Navbahor» safida o‘tkazgan Aleksandr Kasyan «Surxon» futbolchisiga aylandi. Bu haqda klub Termiz klubi matbuot xizmati xabar bermoqda.

«2019 yilgi Superliga bahslarini kuchli oltilikda yakunlagan «Surxon» jamoasining kelgusi yildagi maqsadlari ham yuqori. Jamoaning bu yilgi mavsumda hujum chizig‘idagi ishlari unchalik yurishmagan edi. Buni to‘g‘ri anglagan «Surxon» klubi rahbariyati, rossiyalik forvardni jamoaga qo‘shib olishga qaror qildi. Kasyan «Surxon» jamoasi bilan 1+1 ko‘rinishda shartnoma imzoladi» - deyiladi klub xabarida.

Futbolchi yanvar oyining boshida Toshkentga keladi va «Surxon» jamoasining mashg‘ulotlariga qo‘shiladi.

Eslatib o‘tamiz, Aleksandr Kasyan 2019 yilgi mavsumni Namanganning «Navbahor» jamoasida o‘tkazib, Superliganing 24 o‘yinida 10ta gol urib, jamoasining eng yaxshi to‘purari bo‘lgandi.