Takroriy ovoz berishda ishtirok etuvchi nomzodlar. Ular kim?
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatligiga saylovda Xalq demokratik partiyasidan 9 nafar nomzod takroriy ovoz berishda kurashni davom ettiradi.
Iroda Abdullayeva, 148-Ko‘kcha saylov okrugidan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzod
Iroda Abdullayeva 1975 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. 2003 yili Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetini tamomlagan. Mutaxassisligi – biolog. O‘zbekiston XDP a'zosi. Oilali, ikki nafar farzandi bor.
2014 yildan O‘zXDP Shayxontohur tuman kengashi lavozimida ishlab kelmoqda.
Iroda Abdullayevaning Saylovoldi dasturi O‘zbekistonda ijtimoiy demokratiya qurishda ijtimoiy adolat, tenglik, birdamlik tamoyillariga asoslanadi.
Baxtiyor Abdullayev,
150-Shayxontohur saylov okrugidan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzod
Baxtiyor Abdullayev 1987 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. 2009 yili O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetini hamda 2014 yili Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan. Mutaxassisligi – filolog, iqtisodchi. O‘zbekiston XDP a'zosi. Oilali, bir nafar farzandi bor.
2019 yildan O‘zbekiston XDP Markaziy Kengashida Tashkiliy-nazorat va kadrlar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlab kelmoqda.
Nomzod eng kam ish haqi, pensiya, stipendiya, nafaqa va boshqa ijtimoiy to‘lovlar miqdorini hayot kechirish imkoniyati bilan mutanosibligini ta'minlash kerak, deb hisoblaydi. Baxtiyor Abdullayevning Saylovoldi dasturida ushbu masalalarda muhim vazifalar belgilangan.
Dilorom Imomova, 133-Shahrisabz saylov okrugidan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzod
Dilorom Imomova 1966 yil Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumanida tug‘ilgan. 1991 yili Toshkent davlat universitetining fizika fakultetini tamomlagan. Mutaxassisligi – o‘qituvchi. Xalq demokratik partiyasi a'zosi. Oilali, uch nafar farzandi bor.
2017 yildan Shahrisabz tumani maktabgacha ta'lim bo‘limi mudiri vazifasida ishlab kelmoqda.
Deputatlikka nomzod barcha uchun sifatli, kafolatlangan ta'lim tizimini joriy etish kerak, deb hisoblaydi. Davlat granti asosidagi ta'lim o‘rinlarini kengaytirish, to‘lov-shartnoma asosida tahsil olayotgan kam ta'minlangan oilalar farzandlariga imtiyozli ta'lim kreditlari ajratish bo‘yicha qator tashabbuslar bilan chiqishni rejalashtirgan.
Otabek Bozorov,
135-G‘uzor saylov okrugidan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzod
Otabek Bozorov 1974 yilda Qashqadaryo viloyati G‘uzor tumanida tug‘ilgan. 1996 yili Toshkent davlat texnika universitetining neft va gaz geologiyasi fakultetini, 2014 yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Oliy biznes maktabining Biznes boshqaruvi yo‘nalishini tamomlagan. Mutaxassisligi – muhandis. O‘zbekiston XDP a'zosi. Oilali, ikki nafar farzandi bor.
2019 yildan “O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati geologik va geofizik ishlarni muvofiqlashtirish bo‘lim boshlig‘i lavozimida ishlab kelmoqda.
Otabek Bozorov fuqarolarni asosiy hayotiy ehtiyojlari uchun munosib ish haqi to‘lanadigan barqaror ish o‘rinlari bilan ta'minlash kerak, deb hisoblaydi. Nomzodning Saylovoldi dasturi ana shu ustuvor g‘oyaga asoslangan.
Ulug‘bek Qosimov, 32-Jizzax saylov okrugidan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzod
1981 yil yilda Jizzax viloyati Jizzax tumanida tug‘ilgan. 2002 yili Jizzax davlat pedagogika institutini, 2008 yili Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan.
Mutaxassisligi – o‘qituvchi, bank ishi. O‘zbekiston XDP a'zosi. Oilali, uch nafar farzandi bor.
Ulug‘bek Qosimov kundalik zarur mahsulotlar, xizmatlar, jumladan, uy-joy kommunal xizmatlar uchun to‘lovlarini aholining real daromadlari asosida belgilash kerak, deb hisoblaydi. Nomzodning Saylovoldi dasturida ushbu masalada bir qator asosli takliflar o‘rin olgan.
Zulayho Akramova, 33-Do‘stlik saylov okrugidan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzod
Zulayho Akramova 1970 yili Jizzax viloyati Baxmal tumanida tug‘ilgan. 1992 yili Jizzax davlat pedagogika institutini, 2008 yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasining xalqaro munosabatlar yo‘nalishi magistraturasini tamomlagan. Mutaxassisligi – o‘qituvchi. O‘zbekiston XDP a'zosi. Oilali, ikki nafar farzandi bor.
2015 yildan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, Agrar va suv xo‘jaligi masalalari qo‘mitasining a'zosi sifatida ishlab kelmoqda.
Zulayho Akramovaning Saylovoldi dasturi O‘zbekistonda ijtimoiy demokratiya qurishda ijtimoiy adolat, tenglik, birdamlik tamoyillariga asoslanadi.
O‘rol O‘razboyev, 37-Sharof Rashidov saylov okrugidan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzod
O‘rol O‘razboyev 1973 yilda Jizzax viloyatida tug‘ilgan. 2005 yili Jizzax davlat pedagogika institutini tamomlagan. Mutaxassisligi – o‘qituvchi. O‘zbekiston XDP a'zosi. Oilali, to‘rt nafar farzandi bor.
O‘rol O‘razboyev aholining kam ta'minlangan qatlamlariga tibbiy xizmat ko‘rsatish, dori-darmonlar, protez-ortopediya vositalari va boshqa tibbiy-ijtimoiy yordamlarni imtiyozli taqdim etishni rivojlantirish tarafdori. Nomzodning Saylovoldi dasturida ushbu masalada bir qator asosli takliflar o‘rin olgan.
Oybarchin Abdullayeva, 83-Oltinsoy saylov okrugidan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzod
Oybarchin Abdullayeva 1984 yilda Surxondaryo viloyati, Oltinsoy tumanida tug‘ilgan. 2007 yili Termiz davlat universitetini tamomlagan. Mutaxassisligi – pedagog. Oilali, uch nafar farzandi bor. O‘zbekiston XDP a'zosi.
2017 yildan Surxondaryo viloyati Oltinsoy tuman maktabgacha ta'lim bo‘limi mudiri lavozimida ishlab kelmoqda.
Oybarchin Abdullayeva fuqarolarni asosiy hayotiy ehtiyojlari uchun munosib ish haqi to‘lanadigan barqaror ish o‘rinlari bilan ta'minlash kerak, deb hisoblaydi.
Xatamboy Badalov,
49-Uychi saylov okrugidan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzod
Xatamboy Badalov 1968 yilda Namangan viloyatida tug‘ilgan. 1995 yili Andijon davlat tibbiyot institutini tamomlagan. Mutaxassisligi – shifokor. O‘zbekiston XDP a'zosi. Oilali, ikki nafar farzandi bor.
2017 yildan buyon Namangan viloyat ixtisoslashtirilgan “Beshkapa” bolalar revmatologiya sihatgohi bosh shifokori.
Xatamboy Badalov muhtoj kishilarga tibbiy xizmat ko‘rsatish, dori-darmonlar, protez-ortopediya vositalari va boshqa tibbiy-ijtimoiy yordamlarni imtiyozli taqdim etishni rivojlantirish tarafdori. Buning uchun jamoatchilik nazoratini izchil olib borish kerak, deb hisoblaydi.
O‘zXDP Markaziy Kengashi Axborot xizmati
Mavzuga oid
13:38 / 06.09.2021
Maqsuda Vorisova Xalq demokratik partiyasidan prezidentlikka nomzod sifatida tasdiqlandi
16:00 / 04.09.2021
Talaba o‘qisinmi yoki ijaraga pul topsinmi?!
18:12 / 02.09.2021
Maqsuda Vorisova mandat kechikayotgani haqida: Davlat test markazi izoh berishi shart!
14:00 / 05.07.2021