Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Avstraliyadagi yong‘inlar tutuni Janubiy Amerikagacha yetib bordi
Avstraliyada bir necha oydan beri to‘xtamayotgan o‘rmon yong‘inlari tutuni Janubiy Amerikagacha yetib borib, Chilining markaziy va janubiy hududlarining katta qismi ustidagi osmonni egalladi. Bu haqda Chilining MeteoChile meteorologik xizmati xabar berdi.
“Tasvirda Avstraliyadagi yong‘inlar tutunini ko‘rish mumkin. Havo oqimi uni Chili va Argentinagacha yetkazdi”, deb ma'lum qilgan MeteoChile o‘z xabarida.
Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, yong‘inlardan halok bo‘lganlar soni 25 nafargacha yetdi, yarim milliarddan ko‘proq jonzot nobud bo‘lgan. 1400 dan ko‘proq uyning kuli ko‘kka sovurilgan. Umumiy hisobda yong‘inlar tufayli mamlakatning 6 ta shtatida 6 mln gektarga yaqin maydon alanga ichida qolgan. Ob-havo mutaxassislarining ma'lumotlariga ko‘ra, yong‘inlar havo harorati ko‘tarilishi sababli 9 yanvarga kelib yanada kuchayadi. Ba'zi joylardla yong‘inlar shunchalik kuchli, tutunlar esa quyuq bo‘lmoqdaki, ularni havodan o‘chirishning iloji bo‘lmayapti. Hukumat jabrlangan hududlarga harbiy kemalar va aviatsiya jo‘natmoqda. Avstraliyaning janubi-sharqiy sohilida katta ko‘lamli evakuatsiya olib borilmoqda.
Avstraliyadan Janubiy Amerikagacha masofa taxminan 16 ming kmni tashkil qiladi.
Mavzuga oid
22:52 / 29.03.2026
Yonilg‘i narxi oshgani sababli Avstraliyaning ikki shtatida jamoat transporti bepul bo‘ladi
12:00 / 24.03.2026
YeI va Avstraliya bojlarning 99 foizdan ortig‘ini bekor qiladi
15:09 / 15.03.2026
Avstraliyadan boshpana so‘ragan eronlik futbolchilardan 3 nafari vatanga qaytishga qaror qildi
14:29 / 11.03.2026