Jahon | 22:16 / 07.01.2020
9992
1 daqiqa o‘qiladi

Moskva viloyatidagi yong‘inda 8 nafar tojikistonlik migrant halok bo‘lgani aytilmoqda

Foto: Moskva viloyati favqulodda vaziyatlar bosh boshqarmasi / TASS

Moskva viloyatining Ramenskiy tumanidagi issiqxona xo‘jaligida sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida 8 kishi halok bo‘ldi, bir kishi shifoxonaga yotqizildi.

Qurbonlar Tojikiston fuqarolari bo‘lgani aytilmoqda. Ba'zi manbalarga ko‘ra, ulardan biri Vetnam fuqarosi ham bo‘lishi mumkin.

Rossiya FVVdan ma'lum qilishlaricha, tonggi soat 05:00 atrofida boshlangan yong‘in 240 kv.m. maydonni qamrab olgan. Dastlabki o‘rganish xulosalariga ko‘ra, yong‘inga isitish priborlaridagi qisqa tutashuv sabab bo‘lgan.

TASS manbasiga ko‘ra, issiqxona joylashgan yer uchastkasi Ozarboyjon fuqarosiga tegishli. U yerda asosan chet ellik muhojirlar lola yetishtirish bilan shug‘ullanishadi.

Hodisa yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Vafot etganlarning shaxsini aniqlash ishlari davom etmoqda.

Комрон Чегабоев
Tayyorlagan Комрон Чегабоев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid