Işçi guruh a’zolari dastlab Sankt-Peterburg va Leningrad viloyati böyiça çet el fuqarolariga kompleks xizmatlarni körsatuvçi Yagona köp tarmoqli migratsiya markazi faoliyati bilan tanişdi. Markaz rahbariyati bilan mehnat migrantlarining Rossiya hududida qonuniy bölişi uçun taqdim etiladigan hujjatlarni rasmiylaştiriş jarayonini tezlaştiriş va körsatilayotgan xizmatlar sifatini oşiriş masalalari muhokama qilindi.
Şundan söng, Özbekiston vakillari "Agrofirma Vyborjyets" va "Kingiseppskiy maşinostroitelnyy zavod" korxonalarida işlayotgan yurtdoşlar bilan muloqot qildi.
Suhbat davomida mehnat migrantlari bölgan hamyurtlar uçun yaratilgan şaroitlar töğrisida fikr almaşildi. Vatandoşlarning Rossiya hududida qonuniy işlaşining afzalliklari va "Migratsiya amnistiyasi" doirasida öz huquqiy holatlarini legallaştiriş uçun imkoniyat borligi ta’kidlandi.
Işçi guruh Leningrad viloyatida joylaşgan Rossiya Içki işlar vazirligi huzuridagi Çet el fuqarolarini vaqtinça saqlaş markazida bölib, markazda bölgan Özbekiston fuqarolari holidan xabar oldi. Muloqot çoğida yurtdoşlarning muammolari tinglandi.
Olib borilgan örganişlar natijasida, 16 nafar fuqaroga oilasi bağriga qaytişi uçun "Vatanga qaytariş" insonparvarlik aksiyasi doirasida aviaçipta olib berildi.












