Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hujjatlarda ko‘rsatilganidan ortiqcha bo‘lgan 676 mln so‘mlik matolar fosh etildi
Foto: Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati
Bojxona to‘lovlarini chetlab o‘tishga bo‘lgan urinishlarga qarshi bojxonachilar keskin kurash olib borishmoqda.
Jumladan, mamlakatda faoliyat olib borayotgan mas'uliyati cheklangan jamiyatlardan birining nomiga xorijdan keltirilgan mato tovarlari Davlat bojxona qo‘mitasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish boshqarmasi xodimlari tomonidan belgilangan tartibda bojxona ko‘rigidan o‘tkazildi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati xabar bermoqda.
Natijada, matolar hujjatlarda ko‘rsatilganidan 162 240 kv.metr ko‘p ekanligi aniqlandi.
Hujjatlarda ko‘rsatilganidan ortiqcha bo‘lgan tovarlarning umumiy qiymati 676 million so‘mni tashkil qildi.
Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.
Mavzuga oid
08:57 / 15.01.2026
1 trln 145 mlrd so‘mlik tovarlar noqonuniy muomaladan chiqarildi
08:40 / 10.01.2026
6 ta postda transport tekshiruvi sinov tariqasida chegara qo‘shinlariga berildi
19:55 / 25.12.2025
Qanday holatda xorijdan havo tozalagich buyurtma qilinganda bojxonada qo‘shimcha pul to‘lashga to‘g‘ri keladi?
08:53 / 24.12.2025