O‘zbekiston | 07:33 / 09.01.2020
39392
6 daqiqa o‘qiladi

Qator shaxslar notarial harakatlarda davlat bojini to‘lashdan ozod etildi

Foto: Shutterstock

O‘zbekiston qator shaxslar notarial harakatlar amalga oshirilganda davlat bojini to‘lashdan ozod etildi. Bu haqda «Davlat boji to‘g‘risida»gi qonunda aytilgan.

Ushbu shaxslar:

1) shaxslar – davlat pensiyalari va nafaqalarini olish uchun zarur bo‘lgan, shuningdek vasiylik qilish va farzandlikka olish to‘g‘risidagi ishlar yuzasidan hujjatlarning ko‘chirma nusxalari to‘g‘riligini ularga tasdiqlab berganlik uchun;

2) shaxslar – mol-mulkini davlat foydasiga, shuningdek yuridik shaxslar foydasiga hadya qilish to‘g‘risidagi vasiyatnomalari va shartnomalarini tasdiqlaganlik uchun;

3) davlat soliq xizmati organlari va moliya organlari – ularga davlatning merosga bo‘lgan huquqi to‘g‘risidagi guvohnomalarni (guvohnomalarning dublikatini) berganlik, shuningdek ushbu guvohnomalarni (guvohnomalarning dublikatini) olish uchun zarur bo‘lgan barcha hujjatlar uchun;

4) nogironligi bo‘lgan shaxslarning jamoat birlashmalari, ularning muassasalari, o‘quv-ishlab chiqarish korxonalari va birlashmalari – barcha notarial harakatlar bo‘yicha;

5) shaxslar – ularga quyidagilar uchun merosga bo‘lgan huquqi to‘g‘risida guvohnoma berganlik uchun:

Vatanni himoya qilish chog‘ida, boshqa davlat yoki jamoat vazifalarini bajarayotganligi munosabati bilan yoxud inson hayotini qutqarish, davlat mulkini va huquq-tartibotni muhofaza qilish bo‘yicha fuqarolik burchini ado etish munosabati bilan halok bo‘lgan shaxslarning mol-mulki uchun;

uy-joy (kvartira) uchun yoki uy-joy-qurilish kooperatividagi pay uchun, agar ular meros qoldiruvchining vafot etish kunigacha birga yashagan, turar joyda qayd etilgan bo‘lsa va meros qoldiruvchining vafotidan keyin ham shu uy-joyda (kvartirada) yashayotgan bo‘lsa;

banklardagi omonatlar, shaxsiy va mulkiy sug‘urta shartnomalari bo‘yicha sug‘urta summalari, davlat zayom obligatsiyalari uchun, ish haqi summalari uchun;

ilm-fan, adabiyot va san'at asarlari, ixtiro, seleksiya yutug‘i, foydali model, sanoat namunasi, integral mikrosxemalar topologiyasi muallifining mulkiy huquqlari, shuningdek ijrochining ijroga doir mulkiy huquqlari uchun;

ilm-fan, adabiyot va san'at asarlari, ixtiro, seleksiya yutug‘i, foydali model, sanoat namunasi, integral mikrosxemalar topologiyasini yaratish va ulardan foydalanish, shuningdek ijrolarni yaratish hamda ulardan foydalanish haqi summalari uchun;

6) shaxslar – pensiyalar va nafaqalar olish uchun ishonchnomani tasdiqlatganlik uchun;

7) onalar – ko‘p bolalik uchun ularga ordenlar va medallar berilganligi haqidagi ishlar bo‘yicha hujjatlar ko‘chirma nusxalarining to‘g‘riligini tasdiqlab berganlik uchun;

8) maktab-internatlar – farzandlarining maktab-internatdagi ta'minoti uchun ota-onalardan qarzlarni undirish to‘g‘risidagi ijro yozuvlarini amalga oshirganlik uchun;

9) moliya organlari – farzandlarining O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligining ixtisoslashtirilgan maktablaridagi ta'minoti uchun ota-onalardan qarzlarni undirish to‘g‘risidagi ijro yozuvlarini amalga oshirganlik uchun;

10) ishlab chiqarishdagi baxsiz hodisa tufayli vafot etish va halok bo‘lish hodisasiga korxonalar va tashkilotlar hisobidan sug‘urta qilingan jismoniy shaxslarning merosxo‘rlari – sug‘urta puliga vorislik huquqini tasdiqlovchi guvohnoma berganlik uchun;

11) surunkali ruhiy kasallikka chalingan, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda vasiylik belgilangan shaxslar – mol-mulkka vorislik qilishlari to‘g‘risida guvohnoma olganliklari uchun;

12) O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda uning joylardagi organlari – xodimlarni tashkiliy yo‘sinda ishga qabul qilish tartibida tuziladigan mehnat shartnomalarini tasdiqlaganlik uchun;

13) 1941–1945 yillardagi urush nogironlari, 1941–1945 yillardagi urush frontlarida yaralangan shaxslar va 1941–1945 yillardagi urush frontlarida halok bo‘lgan yoki bedarak yo‘qolgan shaxslarning oila a'zolari, 1941–1945 yillardagi urush qatnashchilari hamda Vatanni himoya qilishda va Sovet Armiyasida o‘z xizmat burchini o‘tayotganda yaralangan shaxslar, Afg‘oniston Respublikasida baynalmilal burchini o‘tagan shaxslar, shuningdek 1986–1987 yillarda Chernobil AESining zaharlangan mintaqasi doirasida avariya oqibatlarini tugatishda ishtirok etgan shaxslar, 1986 yilda Chernobil AESidagi avariya munosabati bilan zaharlangan mintaqadan ko‘chirilgan (shu jumladan, o‘z ixtiyori bilan chiqib ketgan) shaxslar, agar ular vafot etgan bo‘lsa, ularning oila a'zolari – imtiyozlar berilishi uchun zarur bo‘lgan hujjatlar ko‘chirma nusxalarining to‘g‘riligini tasdiqlatganligi uchun;

14) shaxslar – ularga yo‘lovchilarning majburiy sug‘urtasi yuzasidan sug‘urta summalariga hamda fuqarolarga qarashli mol-mulkning majburiy sug‘urtasi yuzasidan sug‘urta tovoni summalari bo‘yicha merosga bo‘lgan huquqi to‘g‘risida guvohnoma berganlik uchun;

15) fermer xo‘jaligida faoliyatni davom ettirayotgan merosxo‘rlar – ularga fermer xo‘jaligining mol-mulki bo‘yicha merosga bo‘lgan huquqi to‘g‘risida guvohnoma berganlik uchun;

16) yuridik shaxs tashkil etgan va tashkil etmagan holda tuzilgan dehqon xo‘jaligida faoliyatni davom ettirayotgan merosxo‘rlar – ularga dehqon xo‘jaligi mol-mulki bo‘yicha merosga bo‘lgan huquqi to‘g‘risida guvohnoma berganlik uchun;

17) xususiy uy-joy mulkdorlarining shirkatlari, kommunal-foydalanish tashkilotlari – majburiy badallarni to‘lash va kommunal xizmatlar to‘lovi bo‘yicha qarzlarni undirish to‘g‘risidagi ijro yozuvlarini amalga oshirganlik uchun.

Bundan oldin, O‘zbekistonda davlat boji nimalardan undirilishi aniq belgilangandi.

Mavzuga oid