Adliya vazirligi tomonidan işlab çiqilgan “Mas’uliyati çeklangan jamiyatlar töğrisida”gi qonun (ÖRQ–1137-son, 2026 yil 21 aprel) davlat rahbari tomonidan imzolandi.
Qayd etilişiça, uşbu qonun bilan MÇJ faoliyatiga zamonaviy korporativ boşqaruv tizimi joriy etilmoqda, sohadagi huquqiy böşliqlar bartaraf etilmoqda hamda jamiyat iştirokçilarining huquqiy kafolatlari yanada kuçaytirilmoqda.
Qonun jami 71 ta moddadan iborat bölib, uni işlab çiqişda mahalliy va xorijiy ekspertlar fikrlari, jamoatçilik takliflari hamda ilğor xalqaro tajriba inobatga olingan.
Hujjatda bir qator muhim yangiliklar nazarda tutilgan. Xususan, jamiyat kuzatuv kengaşining vakolatlari va a’zolarini saylaş tartibi aniq belgilab qöyilmoqda. Şuningdek, kengaş qarorlarini sirtdan ovoz beriş orqali qabul qiliş imkoniyati ham nazarda tutilgan.
Yana bir muhim jihat — xalqaro amaliyotga muvofiq kuzatuv kengaşi a’zolari va ijro etuvçi organlar uçun fidutsiar majburiyatlar joriy etilmoqda.
Qonunga köra, MÇJ nafaqat litsenziya asosida, balki boşqa ruxsat etuvçi hujjatlar yoki xabardor qiliş tartibida ham faoliyat yuritişi mumkin böladi.
Bundan taşqari, jamiyatlarning filial va vakolatxonalarini, şu’ba va qaram xöjaliklarini taşkil etiş tartiblari ilk bor alohida modda sifatida mustahkamlanmoqda.
















