Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mahalliy xomashyodan yaratilgan faollashtirilgan ko‘mir O‘zbekiston sanoatiga joriy etiladi
Innovatsion rivojlanish vazirligi O‘zRFA Umumiy va noorganik kimyo instituti olimlari tomonidan yaratilgan mahalliy xomashyodan import o‘rnini bosuvchi faollashtirilgan ko‘mir olish texnologiyasini tijoratlashtirish bo‘yicha ishlar olib bormoqda.
Innovatsion rivojlanish vazirligi xabariga ko‘ra, institutning “Kimyoviy texnologiya va sirt faol moddalar” laboratoriyasi mudiri, professor Farhod Yusupov rahbarligida ishlab chiqilgan mazkur texnologiya vazirlik mutaxassislari tomonidan texnik-iqtisodiy tahlil qilinib, biznes reja tuzildi. Vazirlik tomonidan tashkil etilgan InnoWeek-2019 innovatsion g‘oyalar haftaligida mazkur texnologiyani sanoatga qo‘llash bo‘yicha mahalliy ishlab chiqaruvchilar bilan 350 mln so‘mlik shartnoma imzolandi.

Turli modifikatsiyadagi faollashtirilgan ko‘mirlar Muborak gazni qayta ishlash zavodida amin eritmalarini tozalashda (MDEA), Olmaliq kon-metallurgiya zavodida sulfidli rudalarni boyitishda, Navoiy kon-metallurgiya zavodida oltin birikmalarini ishqoriy eritish va sorbsiya usuli bilan ajratib olishda, spirtni tozalashda sinovdan o‘tkazilmoqda. Muborak gazni qayta ishlash zavodida olimlarimiz tomonidan yaratilgan faollashtirilgan ko‘mir sanoatga joriy etish tavsiya etildi. Olmaliq va Navoiy kon-metallurgiya zavodlarida esa tajriba-sinovlari o‘tkazilmoqda.
Bugungi kunda respublika sanoati ehtiyojlari, xususan neft-gaz, kimyo, metallurgiya va oziq-ovqat sanoati uchun yiliga 2000 tonnadan ziyod, 8 mln. AQSh dollari qiymatidagi faollashtirilgan ko‘mir olib kiriladi.
Faollashtirilgan ko‘mirni O‘zbekistonda ishlab chiqarish, mahalliy olimlar tadqiqotlarini sanoatga keng tatbiq etish orqali milliardlab so‘m mablag‘ni iqtisod qilish, jahon bozorida raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish, neft-gaz sohasi korxonalarining ishlab chiqarishini mahalliylashtirish dasturini amalga oshirish imkonini bermoqda, deyiladi ma'lumotda.
Mavzuga oid
20:02 / 26.05.2026
1 iyundan ko‘mir narxini davlat tomonidan belgilash amaliyoti bekor qilinadi
20:10 / 25.05.2026
O‘zbekiston Qirg‘iziston ko‘mirining asosiy xaridori bo‘lib qolmoqda
12:04 / 23.05.2026
Xitoyda ko‘mir konidagi portlash oqibatida kamida 90 kishi halok bo‘ldi
08:31 / 30.03.2026